Yulduzli yomg‘ir

12 avgust kuni kechasi ajoyib osmon hodisasiga guvoh bo‘lish mumkin bo‘ladi: sayyoramiz ustiga yulduzli yomg‘ir – Perseid meteor oqimi «yog‘iladi».

Perseidlar har yili avgust oyida paydo bo‘lib, ularni kuzatish juda qiziqarli jarayondir. «Sinxua» agentligining xabar berishicha, yulduzli yomg‘irdan zavq olish uchun eng ma’qul payt Pekin vaqti bilan 13-avgust soat 2 dan 4 gachadir, chunki bu mahalda u eng yuqori faollikka yetgan bo‘ladi. Pekin va Toshkent o‘rtasidagi uch soatlik farqni hisobga oladigan bo‘lsak, bizda bu 12 avgust kech soat 11 dan 13 avgust soat 1 gacha bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi.

Bu paytda osmondan yerga soatiga yuzta yulduz tushadi. Falakiyot ishqibozlari uchun yaxshi yangilik shundan iboratki, bu yil yulduzli yomg‘irni ko‘rishga xalal beradigan yorqin oy bo‘lmaydi.

Shunisi qiziqki, yulduzli yomg‘ir hodisasiga Osiyo mamlakatlarida katta qiziqish bildirilmoqda.

Yana o‘qing:  Zavol bilmagan do'stlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: