Xo‘jag‘at – yallig‘lanishga qarshi rezavor

Malina (xo‘jag‘at) nafaqat mazali, balki foydali rezavor meva hamdir. U ko‘pgina surunkali kasalliklarni davolashda immun tizimi faoliyatini kuchaytirishga yordam beradi.

Uning tarkibi fenol va antotsianlar kabi antioksidant birikmalarga boy. Bu antioksidantlar hujayralarning qarish jarayonini tezlashtirib, surunkali kasalliklarni chuqurlashtiradigan erkin radikallarning zararidan organizmni himoyalaydi. Inson vujudida qancha antioksidantlar ko‘p bo‘lsa, odam sog‘ligi ham shuncha yaxshi bo‘ladi. Immuniteti sust organizmga har kuni turli bakteriya va viruslar hamla qiladi. Bu esa O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)lar, gripp kabi kasalliklarga olib keladi. Xo‘jag‘at immun tizimini mustahkamlaydi. Natijada organizm infeksiyalarga qarshi kurasha boshlaydi.

Yaqinda olimlar malina tarkibidagi keton yog‘larni eritishini aniqladi. Ushbu birikma organizmda kislorodni iste’mol qilish va issiqlik ajralib chiqishini tezlashtiradigan fermentlar faolligini oshiradi. Bu esa yog‘ hujayralarining tez erishini ta’minlaydi.

Noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida taom yaxshi hazm bo‘lmaydi. Qorin dam bo‘ladi. Qabziyat yuzaga keladi. Bunday paytda ichakka dag‘al tolalar yordam beradi. Bitta malinada dag‘al tolali oziq moddalarning bir kecha – kunduzlik me’yorining 32 foizi mavjud bo‘ladi. Ko‘plab kasalliklar yallig‘lanish jarayoni bilan birga kechadi yoki uni keltirib chiqaradi. Ushbu meva yallig‘lanishga qarshi birikmalarga boy. Hayvonlar ustida o‘tkazilgan ba’zi tajribalar malina sut bezi, yo‘g‘on ichak, qizilo‘ngach va bachadon bo‘yni saratoniga qarshi shifobaxsh dorivor vosita ekanligini ko‘rsatdi. U saraton hujayralarining rivojlanishini susaytiradi va ularni nobud etadi. Shuningdek, sog‘lom hujayralarni saqlab qoladi. Diabetdan azob chekuvchi kishilarga qondagi qand miqdorini nazorat qilish qiyinchilik tug‘diradi. Malina esa kraxmalni qandgacha parchalaydigan muayyan fermentlarni “bog‘lab qo‘yuvchi” birikmalarga ega bo‘lgani tufayli, ushbu vazifani yengillashtiradi. Xo‘jag‘atda K vitamini yetarli miqdorda mavjud. Shu sababli u qonning ivishini normallashtiradi va protrombin miqdorini pasaytiradi.

 

Fazilat SA’DULLAYEVA,

1-Respublika tibbiyot kolleji katta o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Limon va sabzili “assorti”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: