Kulgu-shifo (2013-32)
Bir bemor doktorga noliyapti:
– Doktor, mening chap qulog‘im og‘riyapti.
– Nima ham derdim, bu – qarilik asorati.
– Chap qulog‘im o‘ng qulog‘imdan katta yoshdami?
* * *
– Juda ko‘p chekar ekansiz, – dedi shifokor bemorga. – Sizga maslahatim, bugundan boshlab ovqatdan so‘ng faqat bitta sigaret chekasiz.
Bir oydan so‘ng bemor shifokor huzuriga keldi:
Shifokor: – Ancha to‘lishibsiz?
Bemor: – Ha, do‘xtir, chunki chekish uchun bir kunda o‘n marta ovqatlanishga majbur bo‘ldim-da!
* * *
– Kecha zo‘r ish qildim, deyayotganmiding, bolajonim? Qani, gapir-chi?
– Bir kishi poyezddan kech qolib, ketidan yugurib ketayotgan ekan.
– Xo‘sh, xo‘sh?
– Itimni qo‘yib yuborgandim, birpasda yetib oldi.
* * *
– Oyi, ko‘chaga chiqib o‘ynasam maylimi?
– Shu kir quloqlaring bilanmi?
– Yo‘q, o‘rtoqlarim bilan.