O‘zbek olimi kashf etgan metall qotishmasi e’tirof etildi
Janubiy Koreyaning Sejong universiteti doktoranti, qashqadaryolik yosh olim Elyorjon Jumayev “The Korean Institute of Metals and Materials” ta’lim muassasasi tomonidan olimlar o‘rtasida tashkil etilgan konferensiyada o‘z kashfiyoti bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Kashfiyotning mohiyati shundaki, u yuqori legirlangan yangi metall qotishmasi hisoblanadi. U asosan baland haroratda ishlaydigan, korroziya (zang)ga chidamli va mexanik xususiyatini yo‘qotmaydigan qotishma bo‘lib, asosan ichki yonuv dvigatellari va yuqori yuklamalarda ishlaydigan sohalarda qo‘llaniladi.