2012-2013 YIL KUZ-QISH DAVRIGA RESPUBLIKA IQTISODIYOT TARMOQLARINI BARQAROR ISHLASHGA TAYYORGARLIGI HAQIDA

Hozirgi vaqtda butun dunyo bo‘yicha yoqilg‘i energetika resurslari tanqis bo‘lgan davrda elektr energiyasini tejashga katta e’tibor qaratmog‘imiz darkor.

Respublika hududlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 iyundagi «Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini 2012-2013 yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1778-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2012-2013 yil kuz-qish davrida joylarda elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan aholiga, tadbirkorlik sub’yektlariga, sanoat korxonalari va o‘quv — tibbiyot muassasalari xamda tashkilotlar tasarrufidagi elektr uskunalari va qozonxonalari kuz-qish davrida elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishi bo‘yicha «O‘zdavenergonazorat» davlat inspeksiyasining Toshkent shahar bo‘limi tomonidan joyiga chiqib o‘rganilmoqda:

Har birimiz qattiq qish mavsumida xonadonlarda elektr energiyasidan isitish maqsadlarida foydalanish xollarining guvohi bo‘lamiz. Ushbu holatda elektr energiyasidan samarasiz foydalanish shundan iboratki, mamlakatimizda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining aksariyati gaz, ko‘mir, mazut yoqib ,elektr energiyasi ishlab chiqaramiz va uni ko‘plab harajatlar, yo‘qotishlar bilan iste’molchilarga yetkazib beramiz. Iste’molchilar esa joyida elektr energiyasini kerakli ishlarga ishlatishdan tashqari uylarni isitishda ishlatib, yana qayta issiqlik energiyasiga aylantiradilar.

Qish mavsumida xonadonlarda va tadbirkorlik sub’yektlari xonalarni isitish uchun qo‘lda yasalgan, xavfsizlik qoidalari talablariga javob bermaydigan isitish asboblaridan foydalanish xollarining guvohi bo‘lamiz.

Ushbu holatlarda elektr tokidan zararlanish oqibatida oxiri o‘lim bilan tugagan baxtsiz voqealar xam yuzaga kelishi mumkin .

Hozirgi kunda mamlakatimizda ko‘plab elektr energiyasi tungi yoritish lampalariga sarflanadi. Maishiy sektorda aksariyat avvaldan ishlatilayotgan cho‘g‘lanma lampochkalardan foydalanib kelinmoqda.

Bir qator rivojlangan mamlakatlarda cho‘g‘lanma lampochkalar ishlab chiqarish umuman to‘xtatilgan, natijada iste’molchilar kam energiya sarflaydigan ko‘p yorug‘lik beradigan zamonaviy svetodiod lampalardan foydalanmoqdalar. Barcha ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan energiyani tejash texnologiyalari fan-texnika taraqqiyotining so‘nggi yutuqlaridir. Svetodiodlar bazasida yangi svetotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra tadbirkorlik sub’yektlari rahbariyatlari o‘z korxonalarida elektr xo‘jaligi bo‘yicha malakali javobgar shaxs tayinlanishi lozimligi, bu bilan xo‘jalik yurituvchi sub’yeklarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisa, avariya va yong‘in holatlarining oldi olinadi.

Elektr energiyasidan samarasiz foydalanish oqibatida elektr energiyasining to‘liq yetkazib berish uchun qo‘shimcha gaz, ko‘mir, mazut sarf qilinishiga to‘g‘ri keladi.

Yana o‘qing:  Jamg‘arma faoliyatidan (2012/39)

Iste’molchilar tomonidan ko‘p miqdorda elektr energiyasini samarasiz ishlatilishning oldini olish va elektr energiyasidan samarali foydalanish borasida har birimiz kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz, mavsumga pech yoqilg‘isi, o‘tin, ko‘mir tayyorlashimiz zarur bo‘lsa kerakdir. Pirovard natijada iste’molchilarga kuz-qish mavsumida elektr energiyasini bir maromda yetkazib berish imkoniyatlari yaratiladi.

Xamza Rozmetov

«O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi davlat texnik inspektori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: