Hamkorlikda silni yengamiz

Insoniyat tug‘ilibdiki, hamisha yaxshi hayot kechirishga intilib, maqsad sari harakat qiladi. Uning ijobati yo‘lida kerak bo‘lsa bir umrlik vaqtini sarf etadi. Biroq, hayotda uchraydigan turli kasalliklar borki, rejalarimiz ijobatini havoga uchiradi.

Birgina sil xastaligini oladigan bo‘lsak, bu dard negadir kishilarni birozgina sarosimaga soladi. Ammo bu umuman noto‘g‘ri qo‘rquv. Shu tobda yana o‘sha orzu-umidlarimiz bizga yordamga keladi. Ko‘ngildagi ishonch esa barchasi o‘zimizga bog‘liq ekanligini sezdiraveradi.

Tarixiy hujjatlardagi ma’lumotlarga ko‘ra sil tufayli insoniyat qadimdan aziyat chekar ekan. Hindistonda esa qadimda silni oilaning bir a’zosidan boshqasiga o‘tishi haqida bilishgan. Bu haqidagi ma’lumot muqaddas bitiklar – Vedalarda aks ettirilgan. Aynan hind xalqi orasida o‘pka sili belgilari xususida nisbatan aniq ma’lumotlarni uchratish mumkin. Qadimgi Yunonistonda Gippokratning qo‘lyozmalarida sil odatda 18-35 yoshli kishilarda uchraydigan eng ko‘p tarqalgan kasallik sifatida qayd etilgan. Olim o‘pka sili belgilarini batafsil ifodaladi. So‘ngra ko‘krak qafasini bevosita auskul’tatsiyasini, ya’ni eshitib ko‘rishni amaliyotga kiritdi. Biroq, u silning yuqishi haqida hech qanday ma’lumotni yozib qoldirmagan. Lekin alloma Aristotel silning yuqumliligini qayd etgan.

Qadimgi yunon shifokorlari bu xastalikni qat’iy tartib, to‘yimli, sifatli hamda rang-barang taomnoma bilan balg‘am ko‘chiruvchi vositalar va issiq vannalar yordamida davolagan ekan.

Vaqt o‘tib silning davosi borligi va uning oldini olish mumkin ekanligi isbotlandi. 1881 yil 24 mart kuni sil kasalligi tarixida yangi davr boshlandi. Olim Robert Kox o‘z tadqiqotlaridan so‘ng kasallik qo‘zg‘atuvchisi – sil batsillalarini kashf etganini e’lon qildi. Keyinroq ular Kox batsillalari (tayoqchalari) deb nomlandi. Bu esa olimlarga silga qarshi dori vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga sabab bo‘ladi.

XX asr o‘rtalarida bu yuqumli xastalikni samarali davolashga qaratilgan qator kashfiyotlar qilindi.

1952 yili silga qarshi asosiy dori vositalaridan biri izoniazid kashf etildi. Shu tariqa o‘tgan asr oxirida silni davolash uchun qo‘llaniladigan dorilar ro‘yxati sezilarli ravishda ortdi. Tibbiyot sohasining hozirgi davrda jadal rivojlanayotgani sababli ushbu kasallikning oldini olishda zarur bo‘lgan ko‘plab dori vositalari yaratildi.

Avvalo, bemordan kuchli sabr-toqat va ishonch, shuningdek, shifokor tavsiyasiga qat’iy amal qilish har bir xasta kishining oldiga qo‘yilgan asosiy talablardan biri etib belgilandi. Bu esa faqat kasal odamning darddan forig‘ bo‘lishi hamda uning o‘z oldiga ezgu maqsadlarni qo‘yishi va hayotdan bahramand bo‘lishiga imkon beradi.

Yana o‘qing:  Bahosi oltinga teng giyoh

 

Guljahon HAYITOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: