Kitob – eng yaxshi sovg‘a
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi 16-umumta’lim maktabida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirish, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ularda mutolaa madaniyatini qaror toptirish borasida samarali ishlar qilinayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish, bu borada kitobxonlar, kutubxonachi va targ‘ibotchilar o‘rtasida ko‘rik-tanlovlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish muhim ekani qayd etildi.
Maktabda a’lo baholarga o‘qib, tashkiliy ishlarda faol ishtirok etadigan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
M. YAKUBOV,
Mirzacho‘l tumani