Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlariga ilk litsenziya qo‘lga kiritildi

Janubiy Koreyaning Chxonju shahrida paralimpiyaning o‘q otish sport turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada 25 ta mamlakatdan 50 nafardan ortiq sportchi kuch sinashmoqda.

Musobaqada ishtirok etayotgan sportchimiz Server Ibragimov 10 m. ga pistoletdan o‘q otish bo‘yicha bellashuvlarning final bosqichida 236.8 natija qayd etdi va kumush medal sohibiga aylandi.

Chempionatning oltin va bronza medallari xitoylik sportchilar Yang Chao (237.2) hamda Xuan Xing (215.0)larga nasib etdi. E’tiborlisi, Server Ibragimov hamyurtlarimiz orasida 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ilk sportchiga aylandi.

Yana o‘qing:  Choyni qachon ichish kerak?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: