Allergiya faqat mavsumiy kasallik emas

To‘rt faslda ham uchraydigan allergiya xususida biz qanday ma’lumotga egamiz? Uning sabablari va oldini olish chora-tadbirlari hamda oqibatlari haqida Respublika ftiziatriya va pulmonologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kichik ilmiy xodimi Natalya Gafner bizga quyidagilarni so‘zlab berdi:

Ushbu xastalik organizmning birorta moddaga nisbatan sezgirligining oshib ketishiga aytiladi. Bunday mahsulotlar sirasiga kimyoviy ingridiyentlar, oziq-ovqat mahsulotlari, jun, chang, mikroblar, mog‘or zamburug‘lari kiradi. Hozirgi kunda inson organizmi ichida paydo bo‘luvchi moddalar ham aniqlangan. Ularga endoallergenlar yoki autoallergenlar deb nom berilgan. Aynan shu allergenlar tabiiy bo‘ladi hamda to‘qimalarning o‘zgarmas oqsillari hisoblanib, immunitet uchun javob beruvchi tizimdan alohida bo‘lib qolgan. Shuningdek, yana orttirilgan, ya’ni termik, nur, kimyoviy hamda bakterial, virus kabi boshqa salbiy omillar ta’sirida o‘z xususiyatini o‘zgartirgan oqsillar hisoblanadi. Misol uchun, glomerulonefrit, revmatizm (bod), artrit (bo‘g‘imlar yallig‘lanishi), gipoterioz (bo‘qoq kasalligi)da allergik reaksiyalar kuzatiladi. Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, allergiyani asr xastaligi ham deb atash mumkin. Chunki yer sharining 85 foiz aholisi turli allergik kasalliklardan aziyat chekadi. Allergiya – bu teriga tegib ketgan yoki organizmga tushgan allergenlarga nisbatan odam tanasining to‘satdan, o‘ziga xos reaksiya berishi hisoblanadi. Ko‘p holatlarda bu xastalikni davolashdan ko‘ra allergenni aniqlab, uni bartaraf etish o‘ta muhim sanaladi. Sababi profilaktik chora-tadbirlar to‘liq samara berishi uchun kasallikni keltirib chiqargan sabablarning tub mohiyatini anglash zarur. Shuningdek, organizmning allergenga nisbatan qanday reaksiya berayotgani hamda ushbu dardning klinik belgilariga ahamiyat berish natijasida shifokor bemorga o‘z vaqtida va to‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsatishi mumkin.

Bu kasallik individual, ya’ni har bir xasta odamda o‘ziga xos holatda kechadi. Kimdadir bahorda turli dov-daraxtlar hamda o‘simliklar gullagan davrda gulchangga nisbatan allergiya qo‘zg‘alsa, yana kimdadir uy yoki qog‘oz changiga nisbatan uning organizmida sezgirlik oshib ketadi. Yana birovlarda esa hayvonlarning juni sababli dard rivojlanadi. Umuman olganda ushbu xastalik bronxial astma (ziqqinafas), dermatit (teri yallig‘lanishi) hamda “eshakemi” (qichima) kasalligi asosida yuzaga keladi. Shuningdek, ayrim infeksion (yuqumli) xastaliklar ham allergiya bilan kechadi. Ushbu holatda allergiyani yuqumli deya atash joizdir. Ayrim holatlarda aynan bir allergenlar turfa bemorlarga har xil vaqtda turlicha ta’sir etadi.

So‘nggi o‘n yillikda allergiya bilan xastalanish ancha ko‘paydi. Bunday holatni esa allergolog olimlar turlicha ilmiy farazlar bilan talqin qilishmoqda.

Ya’ni, gigiyenaning ta’siri xususidagi faraz. Bu farazga ko‘ra haddan ziyod gigiyenaga amal qilish natijasida organizmning turli antigenlar bilan o‘zaro ta’siri kamayadi va immun tizimi zaif rivojlanadi. Ayniqsa, bu yosh bolalarda kuzatilar ekan. Yer yuzi aholisining kimyoviy ishlab chiqarilgan sun’iy oziq-ovqat mahsulotlariga o‘ta ruju qo‘yishi sababli ham allergik kasalliklar avj olmoqda. Natijada bu dard sababli bemorlarning endokrin va asab tizimi jiddiy shikastlanadi va uning faoliyati izdan chiqadi.

Yana o‘qing:  Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlariga ilk litsenziya qo‘lga kiritildi

 

Xastalik belgilari va uning oqibati

Hozirda allergik kasalliklarning turi ko‘p. Shuningdek, uning klinik belgilari ham turli-tumandir. Ushbu xastalik belgilarini osongina boshqa dard bilan adashtirish mumkin. Faqatgina tajribali mutaxassis shifokorgina bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yishi mumkin. Misol uchun, respirator allergiya allergenning organizmga yuqori nafas yo‘llari orqali tushishi sababli rivojlanadi. Bunday allergenlar sirasiga turli gazlar, changlar hamda juda mayda chang zarrachalari kiradi. Ushbu allergenlar aeroallergenlar deya ataladi. Yuqori nafas yo‘llari allergiyasini shunday xastaliklar sirasiga kiritish mumkin. Allergiyaning bu turi quyidagi klinik belgilar bilan namoyon bo‘ladi.

Ya’ni, aksirish, burunning qichishi, tumov (yoki burundan suv kelishi), ayrim holatlarda bemorda kuchli yo‘tal kuzatiladi. Shuningdek, xasta kishining o‘pkasida xirillash kabi tovushni eshitish mumkin. Ayrim holatlarda kasal odam bo‘g‘ilib qoladi. Bunday klinik belgilarga qarab bemorda bronxial astma yoki allergik rinit rivojlanmoqda, deb taxmin qilish mumkin.

Dermatozda terida turli toshmalar kuzatiladi va allergen ta’sirida shishadi hamda unda suvli toshmalar paydo bo‘ladi. Natijada teri qizarib, qichishadi. Bemor toshmalarning qichishiga chiday olmay ularni kuchli qashlashi yoki tirnashi mumkin. Oqibatda tirnalgan teri sohasiga infeksiya tushib, yaraga aylanadi. Turli allergenlar (oziq-ovqat mahsulotlari), aeroallergenlar, kosmetika va maishiy kimyoviy vositalar, shuningdek, dori-darmon preparatlari ham dermatoz rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, ushbu allergik xastalik yuqorida ta’kidlangan klinik belgilardan tashqari terining quruqlashib, qipiqlanib va epidermisning ko‘chishi hamda temiratki kabi toshmalarning paydo bo‘lishi bilan ham kuzatiladi.

Allergik kon’yuktivitda bemorning ko‘zlari shikastlanadi. Xastalikning bu turida kasal odamning milklari qizarib, ko‘z soqqalari kuchli achishib, undan ko‘p yosh oqadi. Enteropatiyada esa xasta kishida iste’mol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari yoki dori vositalari sababli, uning me’da-ichak tizimi faoliyati buziladi. Allergiyaning bu turida bemorning ko‘ngli aynib, u qusadi hamda ichi ketadi yoki dardmand odamda qabziyat kuzatiladi. Kasal kishining lablari va tili shishadi (Kvinke shishi), ichaklari sanchib og‘riydi. Ayniqsa, allergik xastaliklarning eng og‘ir turi anaflaktik shok hisoblanadi. Bu holatda allergik reaksiya bemorda bir necha lahzalardan to besh soatgacha davom etishi mumkin. Zaharli hasharot chaqishi (ari, qoraqurt yoki shu kabi jonzotlar) yoki dori – darmon vositalarini iste’mol qilganda allergik reaksiya sababli xastaning ahvoli to‘satdan og‘irlashadi.

Yana o‘qing:  Dilozor

 

Anaflaktik shokning quyidagi belgilari mavjud:

Kasal odamning birdan nafas olishi og‘irlashib, u hansiray boshlaydi. Go‘yoki havo yetishmayotganday bo‘g‘ilib qoladi. Bemorning a’zoi – badani tutqanoq tutganday titraydi. U hushini yo‘qotadi. Tanasiga toshma toshadi. Beixtiyor xasta kishi peshobini tutaolmay qoladi. Ixtiyorsiz ichi kelishi mumkin hamda kasal odam qusadi. Agar yuqorida ta’kidlangan belgilarni biror kishida kuzatsangiz zudlik bilan shifokorga murojaat qiling yoki “Tez tibbiy yordam”ni chaqiring.

Aks holda bemorning hayoti xavf ostida qoladi va u vafot etadi. Allergiyaning gripp va O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)larga o‘xshash klinik belgili turida bemorning tana harorati oshmayda hamda uning burnidan keladigan suyuqlik shaffof rangda bo‘lib, suvga o‘xshaydi. Aksirish esa tinimsiz va tez-tez kuzatiladi. Ushbu xastalik allergen sababli uzoq cho‘ziladi. Gripp va O‘RVI kasalligiga chalingan bemor esa unga nisbatan tez tuzaladi.

 

Kasallikning sabablari

Noto‘g‘ri ovqatlanish va nosog‘lom turmush tarzi allergik xastaliklar sababchisidir. Ayniqsa, sun’iy bo‘yoqli turli kimyoviy qo‘shimchalar solingan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish va shunday rangdagi gazli yaxna ichimliklarni ichish, kuchli ruhiy zo‘riqish yoki qattiq his-hayajonga berilish hamda biror narsadan to‘satdan seskanib qo‘rqish ham allergiya rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, ushbu dardga nasliy moyillik ham mavjud. Yana donor plazmasi yoki vaksinadagi yot oqsilning organizmga tushishi hamda chang (ko‘cha, uy hamda qog‘oz, gul changi), zamburug‘ sporalari, mog‘or, turli dori vositalari (penitsillin), oziq-ovqat mahsulotlari (tuxum, sut, bug‘doy, soya, dengiz mahsulotlari, yong‘oq, qizil rangli meva-sabzavotlar, dukkaklilar (mosh, loviya, no‘xat)ni iste’mol qilish, bo‘g‘imoyoqlilar (taxtakana, burga, bit) va boshqa hasharotlarning chaqishi, turli jonzotlarning juni, qushlarning pati hamda ularning ozuqasi, suvarak, qandalalarning ajralmalari, lateks, kimyoviy tozalovchi vositalar, kir yuvish hamda uy-ro‘zg‘or buyumlarini tozalash kukunlari ham immun tizimi zaif insonlarda xastalikni keltirib chiqaradi.

 

Gulchehra ShIRINOVA yozib oldi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: