Xalqaro turnir yakunlandi

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha birinchi o‘zbek grossmeysteri Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan “Toshkent open” an’anaviy xalqaro turniri yakunlandi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada shaxmatchilarimiz bilan bir qatorda Rossiya, Armaniston, Belarus, Ukraina, Belgiya, Eron, Ispaniya, Moldova, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston kabi davlatlardan ikki yuzga yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun dona surdi.

Shveysarcha tizimda to‘qqiz turdan iborat musobaqada 7,5 ochko jamg‘argan belaruslik Kirill Stupak birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, hamyurtlarimizdan Ortiq Nig‘matov va Nodirbek Yoqubboyev 7 ochkodan to‘plagan holda ikkinchi hamda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Xotin-qizlar bahsida Gulruhbegim Tohirjonova, Nodira Nodirjonova, Sarvinoz Qurbonboyeva kabi shaxmatchilarimiz shohsupaga ko‘tarildi. Shuningdek, hamyurtlarimizdan Akrom Toshxo‘jayev, Akmal Fayzullayev, Sarvarbek Olimjonov, Ulug‘bek Xudoyberganov va Sitora Saparova o‘z yosh toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Hayot sarchashmasi: ona sutining afzalliklari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: