Calomatlik maskani
Prezidentimiz rahnamoligida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, bolajonlarning har tomonlama sog‘lom voyaga yetishini ta’minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi perinatal markazi ham mustaqillik yillarida tashkil etilgan zamonaviy tibbiy muassasalardan biri.
– Sobiq tuzum davrida biz viloyat shifoxonasi negizida kichik bir bo‘lim sifatida ishlardik, — deydi Perinatal markaz direktori o‘rinbosari Ma’mura Toshmetova. – Xonalar yetishmasligi, malakali kadrlar tanqisligi bois go‘daklarning nogiron tug‘ilishi holatlari ko‘p uchrardi. Mustaqillik yillarida vaziyat tubdan o‘zgardi. Onalar va bolalar salomatligi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi. 2008 yili viloyatimizda bir vaqtning o‘zida 160 bemorga xizmat ko‘rsatadigan ushbu markaz tashkil etilib, alohida zamonaviy bino ajratildi. Malakali vrach-ginekologlar, tajribali mutaxassislar ishga jalb qilindi. Markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida «Salomatlik — 2» loyihasi asosida xorijdan eng zamonaviy tibbiy jihozlar keltirib o‘rnatildi. Natijada, onalar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish darajasi keskin oshdi.
Markazda ayollar salomatligini saqlash, go‘daklardagi patologik jarayonlarning oldini olish borasida katta tajriba to‘plangan. Ayni paytda viloyatning har bir tuman va shahariga perinatal markazning malakali vrachlari biriktirilgan. Ular bemorlarga o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxis qo‘yish, patologik jarayonlarning oldini olish borasida sezilarli ishlarni bajarmoqda.
A.MUSTAFOQULOV,
O‘zA muxbiri