TIBBIYOT YANGILIKLARI (2013-31)
Uzoq umr ko‘ray desangiz, ichmang!
Fransiyalik olimlarning ta’kidlashicha muntazam spirtli ichimlik ichadigan odamlarning ta’kidlashiga bu kabi mahsulotni juda kam iste’mol qiladigan va umuman ichmaydigan kishilarga nisbatan 14 yil avval insult xastaligiga chalinishi mumkinligini aniqlashdi.
Fransiyadagi Lill universiteti xodimlari olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 60 yoshdan kichik bo‘lgan «ichuvchilar» insult xurujiga uchraganidan keyingi ikki yil ichida hayotdan ko‘z yumishi mumkin ekan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, spirtli ichimliklarni ko‘p miqdorda ichish oqibatida yoshlik chog‘ida ham insultning og‘ir turiga duchor bo‘lish xavfi bor.
Ming dardga davo
Yangi zelandiyalik olimlarning so‘zlariga ko‘ra, asal, gul changi, asalari zahri yordamida qon tomirlarining kengayishi, psoriaz, artroz va osteoxondroz kabi turli xil kasalliklarni davolash mumkin ekan.
Ularning aytishicha, asal tarkibidagi organizm uchun juda zarur bo‘lgan temir, yod, sink, kobalt, marganets, ftor kabi o‘ttizga yaqin mikroelementlar uyqusizlik, me’da-ichak xastaliklari va shamollashni ham tabiiy yo‘l bilan davolash, jigarni tozalash imkonini beradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, mikroelementlar tarkibiga ko‘ra asalning o‘ttiz foizli eritmasi inson qonidan tayyorlangan plazma o‘rnini ham bosa oladi. Boisi qon bilan asalning kimyoviy tarkibi deyarli bir xil. Shuning uchun ham asal parhez taom va shifobaxshlik borasida tengsiz hisoblanadi.
Chekish ko‘zga ziyon
Xitoylik olimlar tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish ko‘zga katarakta tushishi – ko‘z xiralashishiga olib kelishi mumkin, deb ta’kidlamoqda.
Uzoq vaqt olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida ma’lum bo‘lishicha, chekuvchilarda chekmaydiganlarga nisbatan ko‘zning ushbu turdagi kasalligiga chalinish xavfi ancha yuqori.
Xitoyning Chjeszyan universiteti qoshidagi Oftalmologiya instituti vakillarining so‘zlariga ko‘ra kataraktaning o‘z vaqtida oldi olinmasa, yoxud to‘g‘ri davolanmasa, ko‘rlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois ekspertlar chekishdan butunlay forig‘ bo‘lish lozimligini tavsiya etmoqda.
Sahifani internet materiallari asosida N.NORBOBOYEV tayyorladi.