Poytaxtimizda “Ashxobod” sayilgohi ochildi
23 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida ushbu sayilgohning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizning Maxtumquli ko‘chasida barpo etilgan mazkur park 10 gektardan ortiq maydonni egallagan. Uning oldidagi joyda va hududida favvoralar qurilgan. Ushbu maskanda Turkmanistonning ramzi bo‘lgan axaltegin otlarining haykallari o‘rnatilgan. Zamonaviy attraksionlar, xushmanzara daraxtlar, o‘rindiqlar, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shaxobchalari aholi xizmatida.
Ikki davlat rahbarlari sayilgohni ko‘zdan kechirdi. Turkmaniston Prezidenti o‘zini Ashxobodda yurganday his qilganini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov boqqa daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.
“Ashxobod” sayilgohi aholi uchun 30 aprel kuni ochiladi.