Doniyor Soliyev – sovrindor

Fransiyaning Lion shahrida yengil atletika bo‘yicha jismoniy imkoniyati cheklangan va nogiron sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida hamyurtimiz Doniyor Soliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Mazkur jahon chempionati sportning ushbu turi bo‘yicha nufuzi jihatidan Paralimpiya o‘yinlaridan keyin turadigan musobaqa hisoblanib, bu yilgi jahon chempionatida 99 davlatdan kelgan 1100 nafar atletlar g‘olib­lik uchun kurash olib borishdi. Doni­yor­ Soliyev uch hatlab sakrash musobaqalarida 15,06 m. natija ko‘rsatib, kumush medal sovrindori bo‘ldi.

E’tiborlisi, Doniyor Soliyev mazkur yirik sport anjumanida nafaqat o‘zining shaxsiy rekordini yangilashga, balki 2012 yilgi Paralimpiya o‘yinlarining uch hatlab sakrash musobaqalarida oltin medalga sazovor bo‘lgan sportchining natijasidan (15,01 m) ham yuqori ko‘rsatkichni qayd eta olishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiya davlatiga yo‘l olgan besh nafar (Doniyor Soliyev, Husniddin Norbekov, Miran Saxatov, Farruh Mirzaqulov, Abror Ibrohimov) sportchimizdan uch nafari kuchli to‘rtlikdan o‘rin egallashgan va ushbu muvaffaqiyat yengil atletika sport turida bugunga qadar qo‘lga kiritilgan yutuqlarning eng yirigi hisoblanadi.

– Uning ushbu muvaffaqiyati mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklarning samarasi deb bilaman. Doniyorning jahon chempionatida qo‘lga kiritgan natijasi tobora yaqinlashib kelayotgan Istiqlolning 22 yillik shodiyonalariga o‘ziga xos sovg‘a bo‘lganligini ham mamnuniyat bilan ta’kidlash joiz. Endi iste’dodli sportchimiz, joriy yilning oktyabr oyida Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan II ParaOsiyo o‘yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qiladi, – deydi O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi Bosh kotibi Omonjon G‘ofurov.

Yana o‘qing:  Tafakkur sandig`i (2013-31)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: