Diydor shirin

Azal-azaldan xalqimiz bir-biriga mehr-oqibat ko‘rsatib, keksani hurmatlagan, kichiklarni e’zozlagan. Kuni kecha poytaxtimizning so‘lim maskanlaridan birida uzoq yillar diydor ko‘rishmagan mehnat faxriylarining uchrashuvida qatnashib, yuqoridagi fikrlarga yana bir bor amin bo‘ldim.

Olmazor tumanida bundan qirq yil muqaddam 299-maktabgacha ta’lim muassasasida mehnat faoliyatini birga davom ettirgan ishchi-xizmatchilar oradan shuncha vaqt o‘tib, yana bir joyda jam bo‘ldik. Tarbiyachilar – Ozodaoy Zoirova, Manzuraxon Usmonova, Shohidaxon Xudoyberganova, Fotimaxon, Dilorom, Donoxon, Sharofatxon, Muazzamxon va Feruzaxon bilan o‘tgan damlarni xotirladik.

Farzandlari, nabira-yu evaralari bag‘rida keksalik gashtini surayotgan, bugungi dorilamon kunlar shukronasini aytib, qo‘llari duoda bo‘lgan onaxonlarning gaplariga to‘ymaysiz. Ularning davrasida boshdan o‘tgan barcha qiyinchiliklar unut bo‘ldi. Ular qatorida ekanimdan, bu hayotda mehr-oqibat, qadr-qimmat, o‘zaro bir-birini yo‘qlashdek ulug‘ fazilatlar borligiga shukronalar keltirdim. Uchrashuvda miriqib diydorlashdik. Ko‘ngillardan g‘uborlar ko‘tarilib, yoshlikning bebaho damlari xotirlandi. Ibrat olsa arziydigan, eng ezgu fazilatlarimiz hech qachon yo‘qolmasin, deya niyat qildim.

Insonlar orasidagi qadr-qimmat, mehr-oqibatga ko‘z tegmasin!

 

Xolida MIRSALIMOVA,

mehnat fayriysi

Yana o‘qing:  “Imom Buxoriy” davlat mukofoti ta’sis etiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: