Terma jamoamiz Antaliyadan 5 ta medal bilan qaytmoqda

Turkiyaning Antaliya shahrida kikboksing bo‘yicha Turkiya ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Dunyoning ko‘zga ko‘ringan kikboksing ustalari ishtirok etgan xalqaro musobaqada Oybek Narmetov boshchiligidagi o‘zbekistonlik sportchilar ham medallar shodasi uchun bahs olib bordi.

Chempionatda ishtirok etgan kikbokschilarimizdan 5 nafari shohsupaga ko‘tarildi. 42 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan navoiylik Nazarbek Mahmudov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jonibek Namozov, Lazizbek Begmatov, Sherzod Mahmudov va Navro‘z Jumanazarov esa xalqaro musobaqaning bronza medali bilan taqdirlandi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Xususiy bog‘chalarni qurish uchun yer uchastkalari tekin beriladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: