Havaskorlik xalq teatrlarining respublika festivali

Toshkent shahrida Xalqaro ”Oltin meros” xayriya jamoat fondi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamda O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi bilan hamkorlikda Havaskorlik xalq teatrlari respublika festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan havaskorlik xalq teatrlari ijodiy jamoalari faoliyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, yosh iste’dodlarni kashf etish hamda ularning katta sahnalarga chiqishiga amaliy ko‘mak berish, yozuvchi va shoirlarni sohaga keng jalb qilish hamda soha rivojini yanada yaxshilash bo‘yicha ijodiy-tashkiliy ko‘mak berishdan iborat.

Festivaldagi spektakllar namoyishidan so‘ng soha mutaxassislari va qatnashuvchilar ishtirokida “Xalq teatrlarining yoshlar madaniy va ma’naviy hayotida tutgan o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Yana o‘qing:  Ma’naviyat va ma’rifat namoyishi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: