Adliya vazirligi ishga taklif qiladi. Oylik ish haqi – 4 mln. so‘mdan 8 mln. so‘mgacha!

E’LON!
Adliya vazirligi vazirlik markaziy apparatidagi bo‘sh ish o‘rinlariga malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
— oliy yuridik ma’lumot;
— davlat tilini yaxshi bilish (rus yoki boshqa tillarni bilish ustunlik beradi);
— yuklatilgan vazifalarni bajara olish, qonun hujjatlarini amaliyotga to‘g‘ri qo‘llanishini tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lish;
— hujjatlar loyihalarini tayyorlash va rasmiylashtirish.

Vazifalari:
— qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
— huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish;
— yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va qonuniy hal etish;
— davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy ishlari holatini monitoring qilish va ushbu tashkilotlar yuridik xizmati faoliyatini metodik ta’minlash, nazorat qilish va muvofiqlashtirish.
— yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini aholiga va ijrochilarga tushuntirish;
— huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;
— statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va natijasi bo‘yicha takliflar tayyorlash.
— statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va natijasi bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Oylik ish haqi, ijtimoiy himoyalashga qaratilgan quyidagi choralar va to‘lovlar ta’minlanadi:

— oylik ish haqi – 4 mln. so‘mdan 8 mln. so‘mgacha (mukofot puli va moddiy yordamlardan tashqari). Keyinchalik ushbu oylik ish haqiga martaba darajalari uchun va ko‘p yillik xizmati qo‘shimchalar berib boriladi;
— 6 ta bayram va 4 ta chorak yakunlari bo‘yicha oylik ish haqi fondi miqdorida mukofot pullari;
— qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish uchun yilda bir marotaba moddiy yordam (eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida);
— uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga va eng kam ish haqining ming barobaridan oshmagan miqdorda foizsiz qarz ajratish.
Bundan tashqari:
— adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalari beriladi;
— ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida chet ellarga xizmat safarlari va stajirovkalarga yuboriladi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2018 yil 1 may kuniga qadar o‘z shaxsiy varaqasini kadr@minjust.gov.uz elektron pochtasiga taqdim etishlari lozim. Yuborilayogan ma’lumotnomada nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham eks ettirilishi kerak.

Manba: Adliya vazirligining
«Huquqiy axborot» tel.tarmog‘i

Yana o‘qing:  Samarqandga sayohat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: