“Lokomotiv” safarda yirik g‘alabaga erishdi

Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasining beshinchi turida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi safarda “Al Vahda” klubini 4: 1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Abu Dabi shahridagi “Zayed Sports City Stadium”da o‘tkazilgan o‘yinning birinchi bo‘limida “Lokomotiv” jamoasi a’zolari tezkor hujum uyushtirdi va 4-daqiqada Sardor Mirzayev hisobni ochdi. Shuningdek, Sardor 39-daqiqada jarima to‘pidan unumli foydalanib o‘yindagi ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida Sanjar Shoahmedov, o‘yin so‘nggida esa Sardor Rashidov raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu gollar “temiryo‘lchilar”ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

 

T. ORTIQOVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: