Musiqaga oshno bolalar

Psixologlar musiqa bilan muntazam shug‘ullangan bolaning lug‘aviy boyligi boshqa tengdoshlariga nisbatan yuqori bo‘ladi, degan xulosaga keldi.

Musiqa orqali insonni davolash mumkinligini esa o‘tmishda ota-bobolarimiz ham aytib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, kuchli va jarangli ovozga ega insonlar jismonan sog‘lom hisoblanar ekan. Biror musiqa asbobini chalishni o‘rgangan bolaning esa tilshunoslik qobiliyati rivojlanadi.

Kuni kecha poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 165-maktabgacha ta’lim muassasasida musiqa murabbiylari ishtirokida “Bog‘chada musiqa” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Seminarga taklif etilgan tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari MTMning musiqa rahbari Kamola Bo‘riyeva va Yulduz Ismoilova tayyorlagan “Musiqa orqali maktabgacha yoshdagi bolaning shaxsida integrativ fazilatlarini shakllantirish” mavzusidagi ma’ruzalari orqali ajoyib ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Tadbirda bolajonlar faol ishtirok etdi. Ular “Azmu bo‘ston – O‘zbekiston” qo‘shig‘ini maromiga yetkazib ijro etishdi. Jajji qizlar ishtirokidagi raqs guldastasi esa barchaning kayfiyatini ko‘tardi.

Shundan so‘ng maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Nargiza Ismoilova ushbu seminar hamkasblarning o‘zaro tajriba almashib, yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda yanada samarali ishlashga turtki bo‘lishi haqida so‘z yuritdi.

 

Sayyora QODIROVA

Yana o‘qing:  Fiziklar yangi yorug‘lik turini kashf etdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: