USAIDning silga qarshi kurash dasturi
Milliy matbuot markazida AQSH shifokorlari va O‘zbekiston olimlari ishtirokida silga qarshi kurash dasturi yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda USAIDning silga qarshi profilaktik dasturi ommaviy axborot vositalari vakillariga batafsil yoritib berildi.
Ma’lumki, o‘tgan 20 yildan ortiq vaqt mobaynida USAID O‘zbekistonda silga qarshi kurashga yaqindan ko‘maklashib kelmoqda. Natijada ushbu xastalik bilan bog‘liq o‘lim holatlari soni keskin kamayishiga erishildi.
USAIDning umumiy qiymati 7.6 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 5 yillik dasturi yurtimizda sil bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish va kasallikning ko‘p dorilarga turg‘un turlari rivojlanishining oldini olishga qaratilgan. Loyiha tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, xastalik diagnostikasi va davolash imkoniyatlarini kengaytirishni o‘z ichiga qamrab oladi. Dastur Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida amalga oshiriladi.