Latuk salat bargi – shifobaxsh va parhezbop

Latuk salat bargi A, S, Ye, K va V guruhiga kiruvchi vitaminlar, selen, rux, mis, temir, marganets mikroelementlari, shuningdek, fosfor, magniy, kalsiy va natriy makroelementlariga boy hisoblanadi.

Bu sabzavot bargi parhez uchun juda maqbul va shifobaxsh xususiyatga ega. Uni bolalar va qariyalar taomnomasiga kiritish tavsiya qilinadi. Latuk salat bargi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan va uzoq muddat davolangan bemorlar uchun quvvatni tiklashda yordam beradi. Shuningdek, balg‘am ko‘chirish, peshob haydash, tinchlantiruvchi va yo‘talga qarshi muolajalarda samarali hisoblanadi. Shifokorlar uni uyqusizlik, sil, qandli diabet, ortiqcha vazn, gipertoniya (xafaqon), ateroskleroz, shuningdek, asab tizimi, ovqat hazm qilish va peshob tanosil a’zolari xastaliklarda foydali ekanini ta’kidlaydi.

Yangi uzilgan salat bargini mayda to‘g‘rab, undan tayyorlangan damlama turli jigar, surunkali me’da va ichak kasalliklar va boshqa xastaliklarni davolashda qo‘l keladi. Salat bargining yanchilgan urug‘idan tayyorlangan malham ona sutini ko‘paytirish uchun tavsiya etiladi.

Surunkali va o‘tkir kolit, enterokolit, buyrak-tosh kasalliklarida latuk salat bargini iste’mol qilish taqiqlanadi.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Guldasta

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: