Afinada o‘tgan “FOOD EXPO GREECE – 2018” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillari ilk bor ishtirok etdi

Joriy yilning 10-12 mart kunlari Afinada oziq-ovqat va ichimliklar – “Food Expo Greece – 2018” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Beshinchi marta tashkil etilayotgan mazkur ko‘rgazma oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklariga mo‘ljallangan mintaqadagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi tadbirda dunyoning 22 davlatidan kelgan 1 ming 250 dan ziyod kompaniya va firmalar vakillari ishtirok etdi. E’tiborlisi, ko‘rgazmada o‘zbekistonlik ishbilarmonlar ilk bor ishtirok etdi.

O‘zbekiston milliy stendi ostida taqdim etilgan quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, qandolatchilik mahsulotlari, makaron, biologik faol qo‘shimchalar, quritilgan mevalarni qayta ishlash, asal, spirtli ichimliklar ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Muzokaralarda O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar, oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan zamonaviy ixcham texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha qiymati 28 million dollarlik shartnomalar imzolashga erishildi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: