Ruslan polvonning yangi rekordi

Rossiyaning Qozon shahrida o‘tayotgan XXVII Jahon universiadasida og‘ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov ikkinchi marta rekord o‘rnatdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha 105 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarda yigirmaga yaqin mamlakat vakillari kuch sinashdi. Sportning ushbu turi bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sovrindori, Osiyo chempioni Ruslan Nuriddinov o‘zbek yoshlari dunyoda hech kimdan kam emasligi va kam bo‘lmasligini yana bir karra namoyish qildi.

Mohir sportchimiz shtangani dast ko‘tarishda eng yuqori – 190 kilogramm natija qayd etib, avvalgi rekord ko‘rsatkichini yetti kilogrammga oshirdi. Shtangani siltab ko‘tarishda 222 kilogramm og‘irlikni bo‘ysundira olgan hamyurtimiz ikkikurash bo‘yicha 412 kilogramm natija bilan avvalgi rekordni yana 12 kilogrammga oshirdi. Oltin medallar uchun kurashdagi asosiy raqobatchilari – rossiyalik Andrey Demanov va jahon rekordchisi David Bedjanyanni ortda qoldirgan o‘zbek polvoni Jahon universiadasi chempioni bo‘ldi.

Sambo bo‘yicha 90 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarda qatnashgan Suhrob Ostonayev terma jamoamiz hisobiga navbatdagi bronza medalni keltirdi. U ukrainalik Andrey Xordiyenko, isroillik Boris Kibrik, fransiyalik Valentin Jordan ustidan qozongan g‘alabasi evaziga shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ayni paytgacha mamlakatimiz sportchilari Jahon universiadasida ikki oltin, yetti kumush, to‘qqiz bronza, jami 18 medal jamg‘ardi.

Zohir TOSHXO‘JAYEV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Tovuq go‘shtidan “Sezar” salati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: