Sog‘lik uchun foydali va ishqorga boy mahsulotlar

Yer yuzidagi ishqorli mahsulotlar ichidan eng oddiy va topish qulayroq bo‘lganlari haqida sizga qisqacha ma’lumot beramiz. Ular insonni saraton va semirish, yurak xastaligidan himoya qiladi. Odam organizmi asli ishqordan iborat. Me’dada biokimyoviy jarayon sababli ovqatni parchalash uchun ishqoriy muhit kislotali muhitga aylanadi. Bu esa tanamizdagi asosiy ziddiyatli holatdir.

Vujudimiz avvaldan ishqorga moyil va u shu zaylda qolishi darkor. Lekin qayta ishlangan va notabiiy mahsulotlarni iste’mol qilish tufayli tanamizda rN miqdori ortadi. Bu esa immun tizimining o‘zgarishiga olib kelib, turli kasallliklarni keltirib chiqaradi. Ya’ni ortiqcha vazn, yurak kasalligi va saraton kabi dardlarni. Ishqoriy mahsulotlar organizm uchun foydali hisoblanadi.

 

Shveysariya mangoldi

Ushbu o‘simlik (bargi ismaloqqa o‘xshash o‘simlik) kurrai zamindagi eng ishqorga boy ozuqa sanaladi. Mangold tanangizni radiatsiya, bakteriyalar va viruslardan himoyalaydi.

 

Grechixa yormasi

Bug‘doy unidan voz kechib, grechixaga o‘rganish vaqti keldi. Bu mahsulot oqsilga to‘yingan bo‘lib, vitamin hamda temir moddalariga ham boy. Ko‘pchilikning organizmiga quvvat ulashuvchi, yurakka darmon, qandli diabetning oldini olishda ham ijobiy samaraga ega.

 

Banan

Ushbu mevaning tarkibida bir qancha zarur moddalar mavjud. Masalan, V vitaminlari guruhi, marganets, magniy va kaliy. Banan qondagi qand miqdorini muvozanatda saqlaydi va hazm qilish tizimini yaxshilaydi. Yana bu tropik meva yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, u moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

 

Sabzi

Sabzi aslida beta-karotinlarga boy. Beta-karotin pigmentlar guruhi hisoblanib, u ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi. Tarkibida biriktiruvchi to‘qima hamda A, V8, S, K vitaminlari, kaliy hamda temir moddalari borligi bilan ham hammaga manzur. U fikrlash qobiliyatingizni kuchaytirib organizmdagi saratonga sabab bo‘luvchi zararli erkin radikallarning salbiy ta’sirini yo‘qotadi.

 

Rezavor mevalar

Ular antioksidantlar, biriktiruvchi to‘qimaga ega bo‘lib, xotirangizni mustahkamlaydi. Yoshga oid o‘zgarishlarni baratarf etadi. Moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Saraton xavfining oldini oladi va surunkali kasalliklarni bartaraf etadi. Bu kabi mevalarga malina (xo‘jag‘at), smorodina (qorag‘at), maymunjon, chakanda (oblepixa) kiradi.

 

Brokkoli karami

Bu karamda V6 vitamini juda mo‘l. Shuningdek, uning tarkibida S, Ye, K kabi vitaminlari ham bor. Ushbu darmondori organizmda xolesterin miqdorini kamaytirib, kuchli antioksidant sifatida ta’sir etib, suyak tizimi hamda yurak uchun koni foydadir.

Yana o‘qing:  Barvaqt nobud bo‘lgan bolalar

 

Uzum

Uzum urug‘i donalarida antioksidantlar, polifenollar juda ko‘p. Ma’lumki, uzum, o‘pka, me’da osti bezi, qizilo‘ngach, bachadon saratoni, yo‘g‘on ichak va prostata bezi rakining oldini oladi. Shuningdek, gipertoniya, xafaqon va behalovatlilikni bartaraf etish xususiyatiga egadir. Ammo, qandli diabetda uzum iste’mol qilish mumkin emas.

 

Rangli karam

Bir porsiya ushbu karamda 77 foiz S vitamini bo‘lishi mumkin. K vitaminiga to‘yingani, tiamin, riboflavin, magniy, kaliy va marganetslarga boyligi haqida aytmasa ham bo‘ladi. Uning yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi hamda yurakka quvvat beruvchi jihatlari mavjud.

 

Limon

Bu sitrus meva tarkibida eng foydali vitaminlar ya’ni, S, A, V6, Ye darmondorilari mavjud bo‘lib, riboflavin, rux, kalsiy, kaliy va sink ham bundan mustasno emas. Limon sharbati buyrakdagi toshni ketkazishda ko‘makchi. U miyaga qon quyilishining oldini oladi. Qorin dam bo‘lishini bartaraf etadi va qon bosimini tushirishi va saratonga qarshi kurashuvchi xususiyatga ega.

 

Ismaloq

Bu mahsulotda oz miqdorda xolesterin va yog‘lar uchraydi. Shuningdek, uning tarkibida rux, niatsin, temir, magniy, kalsiy, kaliy, A vitamini, V6, S, Ye hamda K darmondorisi bo‘lib, antioksidantlarga ham boy. Saratonni keltirib chiqaruvchi erkin radikallarni zararsizlantiradi. Miya faoliyatiga ijobiy ta’sir etib, xotirani yaxshilaydi. Yurak faoliyatiga foydalidir.

 

Vasila PO‘LATOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: