Otajonim
(Jamoliddin bobom xotirasiga)
Erkalatib «momo», deya suyardingiz otajon,
Siz tufayli ko'zlarimga ko'rkam erur keng jahon.
To'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi suyanchig'im edingiz,
Avlodimiz nomin elga yoymoq sharaf, – dedingiz.
Sizdan oldik tarbiyani, sizdan oldik g'ayratni,
O'z ishidan zavqlanishni, intilmog'u hayratni.
Umr bo'yi mehnat qilgan farzandim deb tunu kun,
Otajonim sizni qumsab dilimda tug'yon beun.
Uyimizni zavq-u shavqqa to'ldirgan so'zlaringiz,
Oilamiz madadkori mehrli ko'zlaringiz.
Otajonim dilimizda ishonchingiz oqlaymiz,
Siz jannatlar bag'ridasiz, nomingiz pok saqlaymiz.
Mahzuna QO'LDOSHYeVA,
Andijon viloyati, Baliqchi tumanidagi 29-maktab o'quvchisi