Olimpiada-2018: medal olgan davlatlar soni 19 taga yetdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII Qishki Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Olmonlar singari beshinchi oltin medalini qo‘lga kiritgan Gollandiya terma jamoasi bitta ortiqcha kumush medal evaziga karvonboshilikni qo‘lga oldi. Bugun lolalar yurti sportchilari bir yo‘la 2 ta oltin medalga ega bo‘lishdi.
Norvegiya, Shvetsiya, Janubiy Koreya, AQSH, Avstriya, Kanada, Fransiya kabi jami 10ta davlat terma jamoasi hisobida kamida bittadan oltin medal bor. Hozirgacha jami 19 ta davlat terma jamoalari kamida bitta bronza medaliga ega chiqishdi.