O‘zbek farzandi ekanimdan faxrlanaman

Bugun mohir pianinochi Behzod Abduraimov ismi musiqa olamida ko‘pchilikka yaxshi tanish. Endigina 27 yoshni qarshilagan bu o‘zbek o‘g‘loni dunyo bo‘ylab allaqachon yuzlab konsert dasturlarini namoyish etishga ulgurdi. U jahonning eng ko‘zga ko‘ringan London, Myunxen, Boston, Mariya singari orkestrlari bilan o‘z chiqishlarini muvaffaqiyatli namoyish etdi.

Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Yaqinda Behzod Moskvadagi Chaykovskiy nomli zalda poytaxt filarmoniyasi bilan birgalikda Rixard Vagner, Ferens List va Sergey Prokofyevning musiqiy asarlari asosida yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Aytish joizki, uning bu chiqishi ham oldingilari qatori yorqin lahzalarga, davomli olqishlarga boy bo‘ldi.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Behzod Abduraimov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Pianinochimizning 15-16 fevral kunlari Germaniyaning Frankfurkt shahrida bo‘lib o‘tadigan kotsert dasturi oldidan uyushtirilgan mazkur tadbirda OAV vakillari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi. Biz ham fursatdan foydalanib, iste’dodli sozandani suhbatga tortdik:

 

– Bilamizki, siz yaqinda Rossiyaning Moskva shahridagi Chaykovskiy nomli konsert zalida ko‘p sonli muxlislar uchun yakkaxon konsert dasturingizni taqdim ettingiz. Taassurotlar bilan bo‘lishsangiz?

 

U yerda meni juda iliq kutib olishdi. Muhtasham konsert saroyida ajoyib dasturimni

namoyish etdim. Tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘lganimdan benihoya xursandman.

 

Bilamizki, musiqa bo‘yicha ilk saboqlarni aynan O‘zbekistonda olgansiz. Keyinchalik ta’limni AQSHning Park universitetida davom ettirdingiz. Xorijda musiqiy ta’lim olgan inson sifatida bugun O‘zbekistonda mazkur sohaga qaratilayotgan e’tibor haqida qanday fikr bildirasiz?

 

Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida

tahsil olganman. Men o‘zbek farzandi ekanimdan doimo faxrlanaman. O‘zbekiston – iqtidorlilar yurti. Birgina men tahsil olgan muassasa bitiruvchilarining ko‘pchiligini AQSH, Yevropaning aksariyat mamlakatlari, hattoki, Yangi Zellandiya, Chilida o‘tkazilgan konsert dasturlarimda uchratganman. Bu ularning iqtidori, iste’dodi yuqoriligidan dalolat. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri bilan suhbatlashganimda Prezidentimiz tomonidan ijodkorlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlarni eshitib, juda xursand bo‘ldim.

 

– Hozirda xorijda faoliyat yuritasiz. Prezidentimiz tomonidan chet elga ketgan iqtidorli yoshlarni Vatanimizga qaytarish, ularga samarali faoliyat yuritishlari uchun bir qancha imkoniyatlar yaratilmoqda. Agar sizga ham bunday taklif berilsa, qanday munosabat bildirasiz?

Yana o‘qing:  Rak kasalliklarining oldini oluvchi 10 ta mahsulot

 

– Menga hali bunday taklif bo‘lmadi, ammo shuni ta’kidlab o‘tishni istardimki, xorijdagi karyeramni yetarli darajada olib bordim, deb hisoblayman. Endigi asosiy maqsadim, faoliyatimni o‘z yurtimda davom ettirishdir.

 

– Siz dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan sahnalarida konsert dasturlaringizni namoyish etgansiz. Aytish joiz bo‘lsa, san’atkor erishishi mumkin bo‘lgan barcha yutuqlarni qo‘lga kiritgansiz…

 

– Inson doimo o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yib yashashi kerak. Mening ham juda ko‘p orzularim bor. Yaqin kelajakda Toshkent yoki Samarqandning Registon maydonida yuqori darajadagi klassik musiqaga bag‘ishlangan festival tashkil etishni niyat qilganman. Nasib bo‘lsa, Toshkentni Markaziy Osiyoning madaniyat poytaxti sifatida dunyoga tanitmoqchiman.

 

Bilamizki, klassik musiqalar tinglovchi tomonidan saralab tinglanadi. Nima deb o‘ylaysiz, bu kabi musiqalarni bolalarga qaysi yoshdan boshlab eshittirish, qanday usulda o‘rgatish maqsadga muvofiq?

 

Bu uchun bolalarni ko‘proq badiiy jihatdan sifatli konsert dasturlariga olib borish kerak. Ya’ni, klassik musiqa tinglayotgan paytda, unda zerikish hissi bo‘lmasligi lozim. Men aytayotgan sifatli musiqa bolaning zerikishiga yo‘l qo‘ymaydi. Sababi o‘zim bilan ham musiqa tinglash asnosida bu kabi holatlar juda ko‘p bo‘lgan. Unutmaslik kerakki, musiqa eshitish bu ko‘ngilxushlik emas, u inson dunyoqarashining shakllanishiga xizmat qiluvchi asosiy omildir.

 

O‘zingiz qanday musiqalarni sevib tinglaysiz?

 

Milliy musiqamiz – maqomni juda yaxshi ko‘raman va sevib tinglayman.

Hozirda professional bastakor bilan birgalikda o‘zbek milliy mumtoz asarlarini fortepianoda chalib, jahonga olib chiqishni rejalashtirmoqdaman.

 

Xurshida HUSENOVA suhbatlashdi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: