Ezgulik yo‘lida ildam

1993 yildan buyon Toshkentda «Qizil Xoch» va «Qizil Yarim Oy» jamiyati doimiy vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu insonparvarlik tashkilotining yurtimizdagi faoliyatiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi «Samarqand darvoza» mahallasida xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mahalla guzarida bo‘lib o‘tgan tadbir «Qizil Yarim Oy» jamiyatining yurtimizda qariyalar, nogironlar, keksa, boquvchisini yo‘qotgan muhtoj kishilarni ijtimoiy himoya qilish borasidagi faoliyatiga bag‘ishlandi. Bugungi kunda mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosat qonunlari ijrosida, oilalarni ijtimoiy himoya qilishda “Qizil Yarim Oy” jamiyati tuman tashkilotining ham munosib hissasi borligi alohida e’tirof etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarimizni “Qizil Yarim Oy” jamiyatining insonparvarlik loyihalari bilan tanishtirish bilan birga, jamiyat olib borayotgan ibratli ishlarni ular kundalik hayotiga singdirish, ular qalbida insonparvarlik g‘oyalarini yanada shakllantirishdan iboratdir.

Barchinoy MUHAMEDJONOVA,

“Qizil Yarim Oy” jamiyati Toshkent shahar Shayxontohur tuman raisi

Yana o‘qing:  Yekaterina Fetisova Argentinaga boradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: