Bugun men eng baxtiyor onaman!

Bu Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida chaqiriluvchilarning dastlabki guruhini muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimida ota-onalar nomidan so‘z olgan Muhayyo Badalovaning so‘zlari.

– O‘g‘limni milliy armiyamiz safiga – O‘zbekistonimiz tinchligini asrashdek muqaddas burchini o‘tashga kuzatayotganimdan behad baxtiyorman, – dedi u. – Barcha onalar singari o‘g‘limga yurtimiz, xalqimizga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilishini, yorug‘ yuz bilan qaytishini tilayman.

Viloyat hokimligi, qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar, yoshlar va ota-onalar ishtirok etgan tadbirda davlatimiz ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanib borayotgani ta’kidlanib, shunday Vatanda yashash va uni himoya qilish yuksak sharaf ekani uqtirildi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: