Qarshi shahrida Islom Karimov haykali ochildi

Istiqlol yillarida mamlakatimiz erishgan barcha yutuq va marralar Birinchi Prezidentimiz nomi va faoliyati bilan bog‘liq. Islom Karimov mamlakatimizni jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, mustaqil va mustahkam davlatga aylantirdi.

Qarshi shahri markazida Islom Karimov haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so‘zladi.

Islom Karimov Qashqadaryo viloyatining iqtisodiyotini ko‘tarish, odamlarni rozi qilish yo‘lida tinim bilmay mehnat qildi. Viloyat ahli, yoshi ulug‘lar u kishining mehnasevarligi, ezgu tashabbuslari va beminnat yordamlarini hamon unutishmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Birinchi Prezidentimiz rafiqasi Tatyana Karimova Islom Karimov haykalini ochdi. Buyuk Yurtboshimiz haykali poyiga gullar qo‘yildi, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Shu kuni Islom Karimov haykali poyi gullarga burkandi.

Keng jamoatchilik vakillari Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

 

O‘zA materiallari asosida tayyorlandi.

Yana o‘qing:  KICHIK XARIDORLARGA KATTA TUHFA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: