Quyoshpanelli cherepitsalar
“Tesla” kompaniyasi buyurtmachi mijozlarga quyosh panelli tom qoplamalarini o‘rnatishni boshladi. U tashqi ko‘rinishidan oddiy cherepitsadan sira farq qilmaydi.
Plastinalarning mustahkamligi maxsus shisha yordamida ta’minlangan. Energiyani to‘plash uchun panel komplektiga Power Wall batareyalari kiritilgan.
Dastlab qurilmalar kompaniya xodimlarining uylarida sinovdan o‘tkazildi va Ilon Maskning taqdimotidan so‘ng bunday tom ko‘pchilikni qiziqtirib qoldi. Bozor talabidan kelib chiqib, ishlab chiqarish hajmi kengaytirildi va 500 ish o‘rni yaratildi. Buyurtmalar 2017 yil bahor oylaridan boshlab qabul qilina boshlandi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish ancha oldinroq boshlanishi rejalashtirilgan edi. Biroq, turli muammolarning borligi, xususan panellarning ayrim qismlarini yetishmasligi sababli mijozlarga xizmat ko‘rsatish ancha kechiktirildi. Shunga qaramasdan, kompaniya buyurtma uchun oldindan 1000 AQSH dollari to‘lab qo‘ygan mijozlarga qurilmani o‘rnatishga kirishdi.
“Tesla” taqdim etayotgan tomlarning kvadrat metri mijozga 220 AQSH dollariga tushmoqda. Bu kompaniya berayotgan 30 yillik kafolat bilan qo‘shib hisoblaganda juda arzonligi qayd etilmoqda.