Yurak kasalliklariga endi masofadan tashxis qo‘yilmoqda

N. Lobachevskiy nomidagi Nijegorod Milliy tadqiqotlar universiteti olimlari yurak faoliyatidagi ehtimoliy buzilishlarni aniqlash imkonini beruvchi majmua ishlab chiqdilar. Ushbu tadqiqotlar “Kiberyurak” loyihasi doirasida olib borildi.

Tibbiy anjomlar majmuasi bir nechta qismdan iborat: tibbiyot muassasasi uchun signal qabul qiluvchi jihoz va odam ko‘krak qismi terisiga yopishadigan, ko‘rsatkichlarni uzatuvchi mitti anjom. Ushbu qurilmaga yashil, sariq va qizil indikatorlar o‘rnatilgan. Agar indikator yashilni ko‘rsatsa, xavotirga o‘rin yo‘q. Sariq ko‘rsatkichda shifokorga uchrashish lozim. Qizil esa “Tez yordam”ni chaqirish kerakligini bildiradi.

Nijniy Novgorod 5-shahar shifoxonasi kardiojarrohi, ushbu majmua tadqiqotchilaridan biri Aleksandr Nikolskiyning ta’kidlashicha “Kiberyurak” dasturli apparat majmuasi avtomatlashtirilgan telemeditsina tarmog‘ini yaratishga qaratilgan. Hozircha Nijegorod viloyati doirasida ishlasa-da, maqsad hudud aholisining yurak qon-tomir tizimi holatini baholash imkonini beruvchi masofadan kardiomonitoring qilish va fuqarolarga kecha-yu kunduz xizmat ko‘rsatish tizimini yaratishdan iborat.

Ushbu tibbiy majmua 2019 yildan savdoga chiqarilishi va narxi 3000 rubl bo‘lishi kutilmoqda.

Yana o‘qing:  Odamlar dardiga malham bo‘lish baxti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: