Tomorqadagi “qat-qat”po‘stinli tabib

Xalq tabobatida piyozning shifobaxsh xususiyatlaridan peshob haydovchi dori sifatida, turli yara, chipqon, singa (vitamin yetishmasligi sababli tishlarning to‘kilib ketishi), ichakning qattiq og‘rishi, kolit, ateroskleroz, gipertoniya (xafaqon), avitaminoz kasalliklarini, manqa, ho‘ppoz, tumov, sizlog‘ich, hatto, yumaloq gijjani tushirishda ham ishlatiladi.

Bu sabzavotning spirtdagi tindirmasi ichak, ateroskleroz, gipertoniya kasalliklariga uni asal va olma bilan aralashmasi esa tomoq yallig‘lanishi va yo‘talga davodir.

Piyoz qonda qand miqdorini kamaytirish xususiyatiga ham ega. Shu sababli uni qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya etiladi. Ko‘kpiyoz yurak mushaklari faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Bu ko‘kat tanadagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuboradigan kaliy va karotin moddalariga boy. Tish kasalliklarining ham oldini olishda uning foydasi katta. Ilmiy tibbiyotda ushbu sabzavotning dorivor vositalari: tindirma (allilgen), allilglitser (bosh piyoz ekstrakti bilan glitserin aralashmasi), ichak atoniyasi (uning tarangligining susayishi), kolit, ateroskleroz, gipertoniyaning ba’zi turlari, avitaminoz, singa va boshqa shu kabi kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi. Bu dorivor vositalar yana tumov (rinit)da burunning shilliq qavatlariga surililadi. Ginekologiyada trixomonadali kolpitni davolashda qo‘llaniladi.

Foydali tavsiyalar: 1) Bir stakan piyoz sharbati 1 stakan asal bilan aralashtiriladi. Ushbu malhamdan uch mahal ovqatlanishdan bir soat oldin yoki undan 2-3 soat keyin 2 oy davomida bir choy qoshiq yoki osh qoshiqda parishonxotirlikda davo sifatida iste’mol qilinadi. Ikki hafta tanaffus qilib, yana undan 2 oy ichish etish tavsiya qilinadi. 2. Yumaloq gijja (ostritsa)dan xoli bo‘lish uchun sarxil piyozdan 15-20 gramdan kuniga iste’mol qilish zarur. Ushbu muolaja 7-10 kun davom etadi. 3. Piyoz barglari yorilgan teriga, oyoqlardagi qalinlashayotgan qadoqlarga qo‘yiladi. 4. Barra piyoz taom hazm bo‘lishini yaxshilaydi. 5. Bosh piyozdan tayyorlangan bo‘tqa soch ildiziga surilsa, uni to‘kilishdan asraydi. 6. Piyoz sharbati va qanddan tayyorlangan dorivor vosita immunitetni mustahkamlaydi. 7. Gripp, O‘RVI va nafas yo‘llari yallig‘langanda piyoz mayda to‘g‘raladi hamda eziladi. Biror idishga solib, so‘ngra bemor boshiga kattaroq ro‘mol yopib, piyozni hidlasa yaxshi natija beradi.

Eslatma: 1. Xom piyozni o‘tkir me’da-ichak, buyrak, jigar xastaliklari bilan og‘rigan bemorlar iste’mol qilmasliklari lozim. 2. Uning suvining o‘zinigina burunga tomizish mumkin emas. Chunki piyoz suvi yallig‘langan shilliq qavatga salbiy ta’sir qiladi. Ammo, uch tomchi piyoz suviga uch tomchi ilitilgan o‘simlik moyi solib, uni dorixona tomizg‘ichida burunga kun davomida 2-3 mahal tomizilsa, tumovni ochadi. 3. Burun kataklariga shifo maqsadida piyoz bo‘lagini tiqish aslo mumkin emas. Sababi uni burundan tortib olish o‘ta qiyin kechib, shifokor yordami kerak bo‘lib qolishi mumkin.

Yana o‘qing:  Tibbiy savodxonlik “alifbo”si qo‘l yuvishdan boshlanadi

 

Fazilat SA’DULLAYEVA,

1-Respublika tibbiyot kolleji Farmatsiya kafedrasi katta o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: