12 ta zamonaviy ko‘p qavatli uy barpo etiladi

Kelgusi 5 yilda Toshkent shahrida Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar xodimlari uchun 12 ta zamonaviy ko‘p qavatli uy barpo etiladi.

Kuni kecha Madaniyat vazirligi tomonidan mamlakatimizning madaniy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, so‘nggi yangiliklar, istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash joiz, 2017 yil barcha jabhalar singari madaniyat sohasida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Buni soha doirasida qabul qilingan qaror va farmonlar va ularning ijrosi borasida olib borilgan ishlar misolida ko‘rish mumkin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvarida “2018–2022 yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 28 ta teatrni barpo etish, ta’mirlash-tiklash ishlariga 189,2 mld. so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev. – Ushbu qaror tufayli teatrlarning faoliyati, infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasi zamon talablari asosida yanada mustahkamlanadi.

 Shu bilan bir qatorda, Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarga “O‘zsanoatqurilishbank”ning imtiyozli kreditlari hisobidan Toshkent shahrida 2018–2019 yillarida 2 tadan, 2020–2022 yillarida 4 tadan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi ko‘zda tutilgan. 

Ta’lim sohasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida aktyorlik san’ati ta’lim yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etilgani e’tiborga molik. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Joriy yilda ushbu markaz uchun maxsus bino qurilishi rejalashtirilgan.

Tadbir davomida vazir B. Sayfullayev sohadagi yutuqlar bilan bir qatorda kamchilik va muammolarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ayniqsa, tomoshabin madaniyatini yuksaltirish masalasi og‘riqli nuqtalardan biri sifatida qayd etib o‘tildi.

Tadbir davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldi.

 

Xurshida HUSENOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Kollejda til bayrami

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: