Burch, mas’uliyat va sharaf

Tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari eng chekka hududlardagi tibbiyot muassasalariga ishga joylashmoqda.

O‘zbekiston ijtimoiy hayotida aholi salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ta’kidlash joiz, sog‘liqni saqlash tizimi mamlakat hayotida muhim o‘ringa ega. Zero, sog‘lom avlod kelajagi aynan ana shu sohaning samarali faoliyati bilan chambarchas bog‘liq.

 

Alisher MADJIDOV,

Toshkent tibbiyot akademiyasi marketing bo‘limi boshlig‘i:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida 2017 yil 12 dekabrda o‘tkazilgan videoselektor bayonnomasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatma xatiga asosan 497 nafar bakalavr va 82 nafar klinik ordinator joriy yilning yanvar oyida o‘qishni tugalladi. Yosh mutaxassislar bandligini ta’minlash maqsadida yo‘nalishlar va viloyatlar kesimida bitiruvchilar bazasi shakllantirildi va hududiy tibbiyot boshqarmalariga yuborildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda bitiruvchilar taqsimoti viloyatlar kesimida o‘tkazildi. Bunda har bir bitiruvchi talabaning yashash joyi inobatga olindi. Akademiya rektorining buyrug‘iga asosan har bir viloyat va tumanlar kesimida oliygohning faol va jonkuyar professor o‘qituvchilaridan mas’ullar belgilandi. Ayni vaqtda marketing bo‘limi tomonidan joylarda xizmat safarida bo‘lgan mas’ullarga barcha zarur ma’lumotlar taqdim etilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra 2018 yilning 17 yanvarigacha holatiga 519 nafar bitiruvchi ishga joylashgan (99,7 foiz).

 

Ismoiljon ALLANAZAROV,

TTA dotsenti:

Surxondaryo viloyati bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasini bitirgan yosh mutaxassislardan 60 nafari ishga taqsimlandi. Bulardan 9 nafari tor mutaxassisliklar bo‘yicha klinik ordinatorlarni tashkil etadi. Bundan voha aholisi juda mamnun. “Nihoyat o‘zimizning do‘xtirlarimiz bo‘ladi”, – deya chekka-chekka tumanlarda istiqomat qiluvchilarning boshi ko‘kka yetmoqda. Aytish joiz, talabalar ham bundan juda mamnun. Ular orasida Prezidentimiz tomonidan boshlangan xayrli ishlarni qo‘llab-quvvatlovchi fidoyi yoshlarning borligi bizni quvontiradi. Ular hukumat qaroriga “labbay” deya o‘z xohishi bilan respublikaning chekka hududlariga ishga borish istagini bildirdi.

 

Berdimurod SULTONOV,

TTA bitiruvchisi:

– Toshkent shahrida tug‘ilganman. Prezidentimiz tomonidan sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda aynan Surxondaryo viloyatida kadr yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar aytilganida menda aynan shu hududda ishlash istagi tug‘ildi.

 

Hozirda 3 ming 778 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadigan 70-qishloq oilaviy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori sifatida faoliyat olib bormoqdaman.

 

Yana o‘qing:  Otamning o‘gitlari”dan

Aholi uzoq manzilga borishdek ortiqcha ovoragarchiliklar, sarson-u sargardonliklardan xalos bo‘lgani uchun behad mamnun.

 

Feruza RAIPOVA,

TTA bitiruvchisi:

Denov tumanidagi 5 ming xo‘jalikka xizmat ko‘rsatayotgan 1-sonli shahar oilaviy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori sifatida ixtiyoriy ravishda faoliyat olib bormoqdaman. Sababi bugungacha bu yerda ushbu mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotli kadr bo‘lmagan. Malakali kadrlar taqchilligi esa juda yuqori. Har kuni uyma-uy yurib, aholi o‘rtasida tibbiy ko‘riklar o‘tkazmoqdamiz. Bundan homilador ayollar, keksalar, yosh bolali onalar, ayniqsa, imkoniyati cheklangan insonlar juda xursand.

 

Ma’lumot o‘rnida

 

Tibbiy ta’lim bo‘yicha eng muhim hodisa – o‘qish muddatlari qisqartirildi. Kasbiy fanlar bloki kengaytirilib, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki 7 foizgacha qisqartirildi.

 

Klinikagacha va klinikaga oid fanlar uchun soatlar hajmi 85 foizgacha ko‘paytirildi.

 

2018 yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maqsadli qabul kvotasini 2017 yilga nisbatan 20 foizga oshirish, maqsadli magistraturani 10 foizga ko‘paytirish, klinik ordinatura qabul kvotasini 15 foizga oshirish belgilandi.

 

2018 yil Investitsiya dasturi doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining simulyasiya markazi, mazkur institut Nukus filialining 120 o‘rinli, Andijon davlat tibbiyot institutining 120 o‘rinli, Buxoro davlat tibbiyot institutining 200 o‘rinli klinikalarida qurilish va rekonstruksiya ishlarini davom ettirish uchun 31,8 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

 

Xurshida HUSENOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: