Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi Germaniyadagi yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi

O‘zbekiston delegatsiyasi 14 yanvar kuni mamlakatimizning Berlin shahridagi elchixonasida Germaniyaning turli shaharlarida, qo‘shni mamlakatlarda ta’lim olayotgan, ilmiy izlanish olib borayotgan va yetakchi nemis kompaniyalarida mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda qatnashgan 100 nafardan ziyod yoshlarning aksariyati Germaniyada oliy ta’limdan so‘ng ilmiy yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan yoshlar bo‘lgani bois, muloqot davomida asosan ilmiy ishlanmalar, g‘oya va tashabbuslarni O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirish, investitsiyalarni jalb etishda Yoshlar ittifoqining imtiyoz va preferensiyalar berish borasidagi imkoniyatlariga qiziqish yuqori bo‘ldi. Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda yetakchi nemis kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizning takliflarini muntazam o‘rganib borish masalasi qizg‘in muhokama qilindi.

Muloqotlarda Germaniyadagi o‘zbekistonlik yoshlarning yashash va o‘qish sharoitlari, fuqarolik pasporti, xorijga chiqish va kirish bo‘yicha viza muammolari mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Bu uchrashuvning ahamiyatga molik tomoni shundaki, bu tadbir ilk bor yangi formatda tashkil qilindi. Ya’ni ochiq, jonli muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbir yoshlarimiz orasida ham katta qiziqish, ko‘tarinki ruh bilan qabul qilindi. Tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan har bir savol, taklif va loyiha mavzulariga delegatsiya a’zolari tomonidan batafsil javob berildi. Ayrim yosh olimlarimiz o‘z innovatsion loyihalarini va rejalarini kichik taqdimotlar shaklida namoyish qilishdi.

Yana o‘qing:  Ellikqal’ada bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: