Klaviaturali stulda ishlashni xohlaysizmi?

Ixtirochilar klaviatura biriktirilgan ergonomik (ishlash uchun qulay va xavfsiz) stul yaratdi va unga «Origin» deb nom berdi. Bu stul yordamida kompyuter ekrani qarshisida yanada qulayroq o‘tirish mumkin. Bu haqda «Trend-Hunter» nashri xabar beradi.

Odatiy klaviatura teng ikkiga bo‘linib, stulning ikki yon tomoniga joylashtirilgan. Bunda stul egasining qo‘li turadigan joy ham hisob-kitob qilingan bo‘lib, barmoqlar tezda toliqib qolmaydi.

To‘liq moslashtirilgan stulni taxminan 50 foizini ofis ishchilari orzu qilishar ekan.

«Origin» stulida bemalol suyanib o‘tirgan holda yozuv-chizuv ishlarini bajarsa ham bo‘ladi.

Stul simsiz klaviatura bilan jihozlangani uchun, foydalanuvchi ish stolidan istalgan uzoqlikdagi masofada joylashishi va bemalol ishlay olishi mumkin.

Yana o‘qing:  Ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: