Pishloqni nima uchun iste’mol qilish kerak?

Bir kunda 40 gramm pishloq iste’mol qilish 10 foiz insult va 14 foiz YUIK (yurakning ishemik kasalligi)ning oldini oladi. Holbuki, bu mahsulot yog‘li bo‘lsada, ammo unda yaxshi xolesterin mavjud. Ushbu modda uning yomon xiliga o‘xshab qon tomirlarga yopishib, tiqilma hosil qilmaydi. Yaxshi xolesterin gormonlar hamda D vitamini sintezida ishtirok etadi. Shuningdek, pishloq ham barcha sut mahsulotlari (sut, qatiq, brinza, suzma, yogurt, qurt va hakozo) kabi kalsiy moddasiga boy. Kalsiy esa suyaklarni mustahkamlaydi hamda osteoporozning oldini oladi. Osteoporoz xastaligida bu element yetishmasligi sababli suyaklar mo‘rt va g‘ovak bo‘lib qoladi hamda ularda sinishga moyillik kuchayadi. Pishloq ayniqsa, homilador ayollar, emizikli onalar, keksalar uchun juda foydali. Chunki homilaning tayanch-harakat tizimi, ya’ni suyaklari shakllanishida va go‘daklarning tishi chiqishida hamda yosh o‘tgan sayin organizmda kalsiy kamayib ketishi sababli osteoporozning oldini olish uchun ham uni kundalik taomnoma ro‘yxatiga kiritish zarur.

Yana o‘qing:  Har kunimiz qalbimizni hapriqtiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: