“Kichkina demang bizni…” yoki gripp va O‘RVI tarixidan

Dastlab gripga o‘xshash kasallik haqidagi ma’lumotlarni eramizdan oldingi 412 yilda Gippokrat yozib qoldirgan. O‘rta asrlarda esa uning epidemiyalari haqida bot-bot yodga olingan.

Shu kabi xastalikning juda ko‘plab insonlar hayotiga zomin bo‘lganligi haqida 1173 yilda tarixiy asarlarda ma’lumot qayd etib qoldirilgan. XII asrdan boshlab insoniyat 130 marta o‘ta kuchli virusologik hujumga uchragan. Chunki shuncha marta keng miqyosdagi hududlarda ushbu dardning pandemiya va epidemiya ko‘rinishidagi shakli tarqalgan edi. Ilk bora hujjatlarda yozib qoldirilgan gripp pandemiyasi 1580 yilda tarqalgan edi. Hozirgi kunda ham bu xastalik ko‘pgina mamlakatlar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. “Inflyuensa” (gripning eski nomi) haqida turli qarashlar mavjud. Ya’ni, Italiyada XV asr o‘rtalarida jiddiy epidemiya tufayli ko‘plab odamlar kasallikka duchor bo‘ladi. Bu nom “influence” – “yulduzlar ta’siri” degan italyancha so‘zdan kelib chiqqan ham deyishadi mutaxassislar. Yana bir ilmiy faraz – gipotezaga ko‘ra bu so‘z lotincha “influere” – “bostirib kirmoq” degan ma’noni ham anglatar ekan. Yoki italyancha “influenza di freddo” (“sovuqqotish ta’siri sababli”) deb ataladi. Gollandcha “griepu” so‘zi esa so‘zlashganda inglizchaga o‘xshash “fru” so‘zi fransuzcha “gripper” dan kelib chiqqan. Bu esa umuman olganda “yig‘ma” ma’nosini bildiradi.

Shunday qilib 100 xildan ortiq yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir virusini o‘z ichiga olgan respirator virusli infeksiyalari bir nom bilan gripp deya atalgan.

Ammo O‘RVI bilan gripning klinikasi (kasallik alomatlari) o‘xshash bo‘lsada ularning viruslari mikroskop ostida kuzatilganda boshqa-boshqa hisoblanadi.

Hatto, XX asrning birinchi choragigacha gripp virusi deya Afanasyev – Pfeyfer virusini hisoblashgan. 1931 yilda gripp qo‘zg‘atuvchisini Richard Shope kashf etgan. Faqat 1933 yilda London milliy tibbiyot institutining virusologlari Smit, Endrevs hamda Laidlav gripp bilan og‘rigan bemorlarning yuqori nafas yo‘llaridan olingan ajralmalar yuqtirilgandan so‘ng xastalangan dengiz cho‘chqachalari o‘pkasidan A tipidagi virusni ajratib olishgan.

1940 yilda esa juda muhim kashfiyot qilindi. Ya’ni, gripp virusini tovuq jo‘jasi embrioniga ham kultivatsiya qilish mumkin ekan. Shu kashfiyot sababli virusologlar uchun gripp viruslarini o‘rganishga yangi-yangi imkoniyatlar yaratildi. 1947 yilda esa Teylor tomonidan gripning S turi aniqlandi. 1889–1891 yillarda gripning o‘rtacha og‘irlikdagi H3 N2 turining pandemiyasi tarqaldi.

Yana o‘qing:  ENDI NARKOZSIZ JARROH AMALIYOTI O‘TKAZISH MUMKIN

Insoniyat tarixidagi eng katta gripp pandemiyalaridan biri 1918 yilda kuzatilgan edi. Taxminlarga ko‘ra Xitoyda o‘sha yili birinchi pandemiya tarqalgan edi. Ammo, hujjatlarda qayd etilgan o‘lim holatlari AQSHda 1918 yilning mart oyida ro‘yxatga olingan. So‘ngra ushbu holat Fransiyaning port shaharlarida hamda o‘sha yilning aprel oyida Ispaniya va Italiyada ham qayd etilgan. Odamlar bu xastalikni “ispan bezgagi” deya nomlashgan. 10 oy davomida “ispanka” – HINI virusidan yer yuzining deyarli barcha aholisi talafot ko‘rgan. Ushbu kasallikning takroriy “bosh ko‘tarishi” natijasida 1918–1919 va 1919–1920 yillar davomida taxminan kurrai zaminning 20 mlndan 50 mlngacha bo‘lgan aholisi qirilib ketgan. “Ispan” gripi to‘satdan boshlangan. Agar odam ertalab soppa-sog‘ yurgan bo‘lsa, tushda kasallikni yuqtirib, tunda bexosdan dunyodan o‘tgan. Mabodo biror bemor kasallikni yuqtirgan ilk soat yoki kunda vafot etmagan bo‘lsa, unda gripning asorati tufayli nobud bo‘lgan. Ayniqsa, uning eng katta va xavfli asoratlaridan biri bu pnevmoniya, ya’ni zotiljam tufayli bemorlar dunyodan tez ko‘z yumishgan. “Ispanka” ning yana bir mudhish tomoni u eng navqiron yoshdagi bemorlarni ko‘proq shikastlagan. Shundan beri jahonda bir necha bor gripp pandemiyalari sodir bo‘lgan va millionlab odamlar “yostig‘ini” quritgan.

1957–1958 yillarda yer yuziga “Osiyo gripi” pandemiyasi tarqaldi. Bu xastalik N2N2 shtamli virus sababli yuzaga keldi. Uzoq Sharqda 1957 yillarda tarqalgan gripp tezda dunyoning boshqa nuqtalarida ham kuzatildi. Faqatgina Amerikada ushbu pandemiya sababli 70 mingdan ziyod bemor vafot etdi. 1968 yilda “Gonkongda tarqalgan virus “Gonkong virusi” deb nom oldi. 1968 yilda kuzatilgan ushbu pandemiya sababli 65 yoshdan katta bo‘lgan xastalar shikastlandi. Bu virus sababli 33 ming 800 nafar bemor vafot etdi. 1977–78 yillarda tarqalgan “Rus gripi” bemorlar uchun o‘rtacha og‘irlikda kechdi.

Gripp – o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning bir turi. Ammo undan o‘zining og‘ir kechishi hamda asoratlarining xavfliligi bilan ajralib turadi. Hatto, siz uchun oddiy shamollash bo‘lib ko‘ringan bu xastalikni “oyoqda o‘tkazsangiz” mudhish oqibatga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, gripdan immun tizimi hali to‘liq rivojlanmagan go‘daklar, yosh bolalar, homilador ayollar hamda immuniteti past keksa hamda bemor kishilarni ehtiyot qilish zarur. Yurak qon-tomir tizimi, buyraklar, yurak tug‘ma nuqsoni hamda o‘pkasida surunkali kasalligi mavjud bemorlar virus yuqtirib olsalar xastaliklari og‘ir ko‘rinishda xuruj qiladi. Bu esa ularning ahvollarini o‘ta tang qiladi.

Yana o‘qing:  Yangi yilga yangi uy

Shifokorlar tez-tez gripp va O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)larning asoratidan ehtiyot bo‘lishga chaqirishadi. Bu bejiz emas. Gripning o‘zidan ham asorati og‘ir. Unga bronxit, traxeit, faringit, laringit, gaymorit, frontit kabi kasalliklar kiradi. Yana ushbu xastalikning pnevmoniya (zotiljam), plevrit o‘pka pardasining yallig‘lanishi), perikardit (yurak pardasining yallig‘lanishi) kabi asoratlari ham bemor ahvolini og‘irlashtiradi. Hozirda dunyoning ko‘pgina rivojlangan davlatlari kabi bizning mamlakatimizda ham gripga qarshi profilaktika maqsadida emlanish mumkin. Bu xastalikka ko‘pchilik “oddiy shamollash-da” deya e’tibor berishmaydi. Ammo bu noto‘g‘ri qarash. Bemor atrofdagilarga infeksiya yuqtirmasligi uchun og‘iz-burnini doka niqob bilan to‘sib yurishi zarur. O‘z vaqtida shifokorga murojaat etish kasallikning asoratsiz kechishiga zamin yaratadi.

Natalya GAFNER,

Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kichik ilmiy xodimi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: