Yutuqlar izlanishlar mevasidir

Kelajakka porloq nigoh bilan boquvchi inson borki, yuksak marralarni ko‘zlab yashaydi. Yil boshida amalga oshirajak rejalarni tuzib, yil yakuniga yetgach, ularning sarhisobini qiladi. Men ham bu haqida o‘ylarkanman, ushbu yildan qalbim bir olam quvonchga to‘ladi.

Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yoshlarimiz hech kimdan kam bo‘lmay kamol topmoqda. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari, bir qator xorijiy tillarni puxta o‘rganmoqda. Shu bilan birga, sohadagi yangilanish jarayonlari ustoz-murabbiylarning jamiyatda nufuzi ortishiga, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mehnatini munosib rag‘batlantirishga asos bo‘lmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi ham pedagoglar orasidan ilg‘or hamda tashabbuskorlarini aniqlash, ularning ish tajribasini ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

2017 yil quvonchli lahzalarga boy o‘tmoqda. Men ham ular safidan o‘rin olganimdan benihoya xursand bo‘ldim. Qolaversa, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.

Har bir rag‘bat biz kabi o‘qituvchilarni doimo olg‘a qadam tashlashga, kasbimizda yanada jonbozlik ko‘rsatib mehnat qilishimizda o‘zining munosib o‘rniga ega.

Ulug‘bek ABIDOV,

“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi”,

Andijon viloyati

Yana o‘qing:  Daxldorlik hissi bilan yashash har birimizning muqaddas burchimizdir

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: