Oilaviy quvonch olib kelgan yil

Mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi, avvalo, aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilmoqda. Xususan, tibbiyot sohasida olib borilayotgan ko‘plab samarali va ijobiy ishlar buning yaqqol namunasidir.

Joriy yil men faoliyat yuritayotgan Navbahor tuman DSENMda ham ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshirildi. Markazimizga shu yil tibbiy-sanitariya tahlillarini tekshiruvchi uskuna taqdim etildi. Bundan tashqari muzlatkichlar, tibbiy termostatlar yangilandi. Bu esa oziq-ovqat mahsulotlari xafvsizligini sifatli tekshirishga xizmat qilish bilan birga, markazimiz xodimlarining samarali mehnat olib borishlariga zamin yaratadi. Shuningdek, o‘tib borayotgan yil oilam uchun ham quvonchga boy bo‘ldi. Avvalo, farzandim kasbimni davom ettirib, Buxoro tibbiyot institutiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Qolaversa, qilgan kamtarona mehnatlarim yuksak baholanib, “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldim. Bu men bilan yelkama-elka xizmat qilayotgan fidoyi hamkasblarimga bildirilgan yuksak ishonch namunasi, deb bilaman.

Kirib kelayotgan Yangi yil har birimizning xonadonimizga quvonch, omad va baxt olib kelsin! Tinchligimiz abadiy bo‘lsin!

Nazira DAVRONOVA,

“O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi”

ko‘krak nishoni sohibasi

Yana o‘qing:  Tulpor mingan bahodir

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: