Kuch – bilim va tafakkurda

Yurtimizda ertamizning munosib vorislari bo‘lgan yoshlarimizga yaratilayotgan sharoitlarga chindanda havasing keladi. Ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yigit-qizlarning yangi-yangi marralarni zabt etayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovlar, fan olimpiadalari, turli bellashuvlar chinakam iqtidor egalarini kashf etishda qo‘l kelmoqda.

Hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro hayriya jamg‘armasiga qarashli Tibbiy-ijtimoiy markazda bo‘lib o‘tgan tadbir jamg‘armaning tashkil topganiga 20 yil to‘lishi munosabati hamda «Sog‘lom avlod» gazetasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan «Farzandlari sog‘lom yurt – qudratli bo‘lur» tanlovi yakunlariga bag‘ishlandi. Mazkur tanlov savollariga to‘g‘ri javob yo‘llagan 2-Toshkent Yuridik kolleji 2-bos­qich o‘quvchisi Hurriyat Donoboyeva o‘z so‘zida, «Biz yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanamiz. O‘qib-izlanamiz. Chunki, yurtimiz ertasi iqtidorli yoshlar qo‘lida», – deya ta’kidladi. Shuningdek, tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti 2-bosqich talabasi Nodirbek Yoqubov, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 34-maktab o‘quvchisi E’zoza Usmonxo‘jayevalar ham o‘z so‘zlarida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar va ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Foliblarga «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

J.HAYDAROVA

Yana o‘qing:  Osiyo chempionati yakunlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: