JAMG`ARMA FAOLIYATIDAN (2012-33)

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida jamg‘armaning mintaqaviy filiali birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchilar uchun bayram tadbirini o‘tkazib, ularga kuzgi va qishki oyoq kiyimlar sovg‘a qildi. Samarqand shahar “Yoshlar” markazida Viloyat hokimiyati, Nogironlar markazi, Bandlikka ko‘maklashish markazlari hamda jamg‘arma hamkorligida nogiron bolalar o‘rtasida “Maftunkor ranglar jilosi” mavzusida ijodiy ko‘rik tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Navoiy viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Xalq Demokratik partiyasi Navoiy shahar Kengashi bilan hamkorlikda Mustaqillikning 21 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi, rivojlanish va taraqqiyot odimlari” mavzusida Navoiy shahridagi 17-maktabda madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan nogiron bolalarga dori-darmonlar, kiyim-kechaklar va oyoq kiyimlari tarqatildi.

Namangan viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Namangan shahridagi Alisher Navoiy kinosaroyida “Ko‘krak suti bilan boqishning ahamiyati” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan 22 ta qishloq vrachlik punktlari vakillariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jizzax viloyati jamg‘arma mintaqaviy filiali Baxmal tumani Sangzor Qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida “Kamolot” YIH, va Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi tuman bo‘limlari hamkorlikda “Nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati” hamda “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV

Яна ўқинг:  Cтол теннисчиларимиз ғалабаси

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: