Nonushtaga sharbat ichish mumkinmi?
Sharbatlarda biologik faol moddalar hamda ko‘pgina vitaminlar mavjud bo‘lib, uni nahorda organizm yaxshi qabul qilaolmaydi, deydi shifokor diyetologlar.
Ularni me’yordan ortiq iste’mol qilish esa organizmda oksidlash jarayonini shiddat bilan oshirib yuboradi. Saraton bilan og‘rigan bemorlarda onkologik jarayonlar tezlashadi. Ichni tozalovchi sharbatlarni saharda ichib bo‘lmaydi. Ularni nonushtadan so‘ng bir soat o‘tib iste’mol qilish zarur. Shundagina bu sharbatlarning samarasi ijobiy bo‘ladi.
Vasila PO‘LATOVA tayyorladi.