Kiyimim pokiza bo‘lsin, desangiz…

Pahmoqli sochiq va xalatlar yumshoq bo‘lishi uchun ularni yuvib bo‘lgandan keyin tuzli suvga 15 daqiqa botirib qo‘yish kerak bo‘ladi. Bunday tartibda yuvilgan pahmoq buyumlarni dazmollash kerak emas.

Oshxona pardalari yaxshi yuvilishi va rangi chiroyli bo‘lishi uchun kechasi sovuq tuzli suvga ivitib qo‘yish kerak bo‘ladi.

Qo‘lro‘molchalarni tuzli suvda yuvsangiz yoki yuvish oldidan tuzli suvga ivitib qo‘ysangiz, yaxshi tozalanadi.

Erkaklarning bo‘yinbog‘larini dazmollash shart emas. Agar bo‘yinbog‘ juda g‘ijim bo‘lib ketgan bo‘lsa, uch litrli bankaga qaynoq suv solib, bo‘yinboqni unga aylantirib chiqish kerak.

Shimlarning tizzasi tezda chiqib qolmasligi uchun dazmollash oldidan o‘sha joyiga sirkali suv sepish kerak bo‘ladi.

Nam o‘tin yaxshi yonishi uchun ustiga tuz sepish kerak.

Yana o‘qing:  Qiz bolaning qadrini hayosi oshiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: