Yagona interfaol davlat xizmatlari portalida imkoniyatlar kengaydi

Yagona interfaol davlat xizmatlari portali – YAIDXP (my2. gov.uz)ning yangi talqinida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni yengillashtiruvchi xizmatlar paydo bo‘ldi. Oldinroq yer-mulk egalari uchun ishga tushirilgan servislardan tashqari, endi mulkdorlarning Toshkent shahri hududida shaxsiy uy-joyga ega yoki ega emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hamda poytaxtimizdagi hibsga olingan yoki taqiqlangan ko‘chmas mulk ob’yektlariga oid ma’lumotni olish xizmatlari ham joriy etildi.

YAIDXP 2.0 ning shaxsiy kabinetida kadastr raqami va manzilini qayd etgan holda, turar joy to‘g‘risidagi ma’lumotni to‘ldirish asnosida yangi xizmat turlaridan nafaqat yuridik, balki jismoniy shaxslar ham foydalanishi mumkin. Zarur ma’lumotlar kelib tushishi bilan ko‘chmas mulkka oid barcha ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllanadi. Imtiyozli uy-joy yoki ipoteka kreditini olish uchun barcha zarur hujjatlarni to‘plashda mulkdorning shaxsiy uy-joyga ega yoki ega emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma kerak. Uni portaldan olish mumkin. Buning uchun ariza egasiga maxsus shaklni to‘ldirib, so‘rov yuborish kifoya. Eng so‘nggi texnologiyalardan foydalanish tufayli ma’lumotnoma uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda tayyor bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Kitob – oftob: oftobni chaqaga pullayotganlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: