Bananli pishiriq

Zarur masalliqlar: banan – 4-5 dona. Tvorog – 400gr. Tuxum – 2 dona Mevasiz, oddiy yogurt – 200 ml. Ta’bga ko‘ra dolchin va vanilin.

Tayyorlanishi: Tvorog, yogurt va tuxum blenderga solinib, qaymoqqa o‘xshash qorishma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan masalliqqa pichoq uchida dolchin va vanilin qo‘shilib yana yaxshilab aralashtiriladi. Banan po‘stidan ajratilib, tik bo‘yiga kesilib, ikki bo‘lakka bo‘linadi. Kesilgan bananlar issiqlikka chidamli idishga solinib, uning ustidan tayyorlangan qorishma quyuladi. So‘ngra qizdirilgan duxovkada 180S issiqlikda 25-30 daqiqa pishiriladi. Pishiriqning usti tillarang tusga kirgach, u tayyor hisoblanadi. Tayyor pishiriq suyuq qaymoq bilan dasturxonga tortiladi.

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  O‘zbekiston yosh fermerlarining I respublika forumi o‘tkazildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: