Faollar mukofotlandi

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida yurtimizda keng nishonlanadi. Kuni kecha O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ushbu sana munosabati bilan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi majlislar zalida tadbir o‘tkazildi.

Prezidentimiz «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» nomli asarida «Hozirgi davrda matbuot, ommaviy axborot vositalari shunday qudratli kuchga aylanmoqdaki, o‘z kelajagini o‘ylaydigan har qaysi xalq va millat buni sezmasligi, his etmasligi mumkin emas» deya ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizda OAV faoliyati rivojlanib, uning huquqiy asoslari takomillashib borayotganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ­E.Basitxanova OAV xodimlarini kasb bayramlari bilan muborakbod etar ekan, albatta kelajakda hamkorligimiz yanada mustahkamlanadi, deya ishonch bildirdi.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi muassisligidagi nashrlar, Hududiy nashrlarning faol ijodkorlariga, shuningdek qo‘mita faoliyatini OAVda keng yoritayotgan jurnalistlarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

M.QURBONBOYEVA

Yana o‘qing:  MAHALLA – OILAVIY TADBIRKORLIK MARKAZI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: