Ochiq muloqot oshkoralikni ta’minlaydi

Yaqinda O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi tomonidan Sloveniyaning «Regionalniy dialog» («Mintaqaviy muloqot») xalqaro nodavlat-notijorat tashkiloti va Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi bilan hamkorlikda «Ijtimoiy ahamiyatga ega axborotlardan foydalanish imkoniyatiga doir huquqiy xabardorlikni oshirish bo‘yicha milliy muloqot» mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad fuqarolik jamiyati institutlari tizimida OAVning rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy faolligini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ishida oshkoralik, ochiqlikni ta’minlash, davlat organlarining OAV bilan samarali aloqalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

Tadbirda ta’kidlanganidek, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini, shu jumladan, axborot olish, tarqatish va o‘z g‘oyalarini ifoda etishga doir erkinligi va huquqlarini amalga oshirish O‘zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishning eng muhim asosi hisoblanadi. Bunda OAV, xususan, mus­taqil nodavlat mass-medialari alohida o‘rin tutadi. Shunday ekan ular davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari faoliyati ochiqligini ta’minlash, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish va mus­tahkamlash, aholining siyosiy, huquqiy madaniyati va ongini oshirishda faol ishtirok etishi kerak.

Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar mamlakatimizning bugungi rivojlanish bosqichida OAV va fuqarolik institutlari rolini yanada kuchaytirish vazifasi, hech shubhasiz, mamlakatni demokratlashtirish, uni jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, millatlararo, dinlararo hamjihatlikni ta’minlash, «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini hayotga tatbiq etish borasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda hal qiluvchi omil bo‘layotganini alohida ta’kidlashdi.

Shahnoza OLIMOVA

Yana o‘qing:  Samarqanddagi MTMda kutubxona ochildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: